Taniqli xonanda Merayya Keri avstraliyalik milliarder Jeyms Paker bilan unashtirildi. People jurnalining yozishicha, biznesmen 21 yanvar kuni Nyu-Yorkda Keri oila qurishni taklif qilgan.
2015 yili xonanda intervyularidan birida Paker bilan “Gerakl” filmining premerasida tanishganini aytgandi. O‘tgan yilning dekabrida juftlik birinchi marta “Stajyor” filmining taqdimot marosimida, Nyu-Yorkda birgalikda jamoatchilik oldida paydo bo‘ldi.
Merayya Keri muqaddam ikki marta nikohda bo‘lgan: u musiqiy magnat Tommi Mottola va aktyor Nik Kennon bilan oila qurgan. Kennondan uning ikki farzandi bor. O‘z navbatida, Jeyms Paker sobiq rafiqasi Erika Beksterdan uch farzand ko‘rgan.