Manzuraning ijodiy tajribasidagi birinchi “eksperiment”
Xonanda Manzuraning “Yuragim ko‘nikmaydi” taronasi xalqimizga manzur kelmoqda. Premeradan keyingi natija uni alohida ruhlantirdi. Bu haqida u instagram ijtimoiy tarmog‘ida quyidagicha yozib qoldirdi. “Muxlislarimga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. Bu qo‘shig‘ni qalblaringizdan joy olib kelayotgani meni juda quvontirdi. Yaqin kunlarda sizlarga go‘zal videomahsulot taqdim etaman. Istanbul safarlarida ijodiy guruhimiz bilan “Yuragim ko‘nikmaydi” trekiga turk aktyorlari bilan klip ustida ishladik. Bu mening ijodiy tajribamda birinchi eksperiment. Albatta ushbu romantik qo‘shiqning syujeti uchun iste’dodli aktyorlardan foydalanishimiz lozim edi. Shu sababdan Serdar O‘rtach va boshqa turk xonandalari bilan ishlagan aktyorlarni taklif qildik.” - deydi xonanda klip haqida bergan ma’lumotida. Ha aytgancha Manzura Istanbulda bo‘lganida biror bir ijodiy asar yaratishni orzu qilardi va u bu orzusiga yetayotganini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.