Xushovoz xonanda Manzura nihoyat muxlislari kutgan yangi qo‘shig‘ini armug‘on qildi. Tarona "Sog‘inadi yuragim" deb nomlangan bo‘lib, yurtimizning yetakchi radioto‘lqinlari orqali ijobiy fikrlar bilan kutib olindi. Sevgi va muhabbat haqidagi kompozisiya qisqa fursatda mavsumning eng talabgor qo‘shiqlaridan biri bo‘lsa ajab emas. Manzura mazkur musiqiy asarni yaratishda Shahboz Nosirjonov va Jasur Badalboyev bilan hamkorlik qilgan.