Manzura va Terlan Novxani videoklip ustida ishlamoqda
Ma’lumki, xushovoz xonanda Manzura Ozarbayjonlik hamkasbi Terlan Novxani bilan ikkinchi duetini taqdim qilgan edi. Ijodkorlar "Ayri dunyala" qo‘shig‘i uchun videoklip tasvirga tushirishmoqda.
Suratga olish ishlari Ozarbayjonda bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda xonanda instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Klip rejissyori Nail Naibog‘lu. Yaqin kunlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan klipda Manzura o‘zgacha obrazlarda namoyon bo‘lgan.
Suratga olish ishlarining bir qismi Kaspiy dengizi sohillarida bo‘lib o‘tdi.
Ularning ilk dueti — "Xiyonat qilmadim" qo‘shig‘i har ikki davlatdagi muxlislar orasida ommalashdi.