Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Manzura Ozarbayjonda! U “xiyonat qilmaganini” isbotlagani ketdi


“Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva bugun, 1 mart kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahriga jo‘nab ketdi. Xonanda Haydar Aliev nomli Baku Xalqaro aeroportidan aloqaga chiqdi.

“Hozirgina Bakuga yetib keldim. Safarimdan asosiy maqsad – san’at sohasida yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ozar hamkasblarimdan biri Terlan Novxani bilan duet kuylash”.

Manzura Ozarbayjonga bugun yetib borgan bo‘lsa-da, xonandaning tashrifi haqidagi xabarlar bir hafta avval ozar va turk matbuotining asosiy yangiliklaridan biriga aylangan edi. 20 dan ortiq rasmiy internet-nashrlar Manzuraning Bakuga tashrif buyurayotgani va klip suratga oldirishi haqida yozdi.

Ma’lum qilinishicha, Manzura Yo‘ldosheva ozar xonandasi Terlan Novxani bilan “xiyonat qilmadim” nomli duet ijro etgan. Qo‘shiqni Manzura o‘zbek tilida, Terlan esa ozar tilida kuylagan. Mazkur taronaga ozarbayjonlik taniqli klipmeyker Noil Naibo‘g‘lu tomonidan klip suratga olinadi.

Ma’lumot uchun, Terlan Novxani O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaev kuylagan “Bemor” qo‘shig‘ining asl egasidir.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda “Nihol” mukofoti sovrindori Madina Mumtoz ham ozarbayjonlik xonanda Ahmed Mustafoyev bilan “Sev meni” nomli duet ijro etgan edi. Biroq bu qo‘shiqqa klip olinmadi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11298 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Manzura
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное