Manzura: “Nega turmushga chiqmayapsiz?” degan savoldan charchadim
Xonanda Manzura “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ijodi va shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ko‘plab savollarga javob berdi. — Yaqindagina ma’muringizni o‘zgartiridingiz. Sabab?
— Bizning hayotimizda hammaning o‘z vazifasi bor. Oldingi ma’murimning ham men bilan ishlash vaqti o‘z yakuniga yetgandan so‘ng, u bilan xayrlashdik. Hozir ko‘pni ko‘rgan, san’atni tushunadigan, iqtidorli san’atkor, yigirma yillik do‘stim Nodir bilan hamkorlikni boshladik. — Intervyularda nima haqida gaplashishni istamaysiz?
— “Nega turmushga chiqmayapsiz?”, “To‘y qachon?” degan savollar hiqildog‘imga kelgan! Ijtimoiy tarmoqlarda ham har kuni shu savol. Gap bu savol menga yoqmasligida ham emas, shunchaki bu savoldan juda charchadim. — “Lazgi” qo‘shig‘ingiz biroz tanqidga uchragan edi. Klipdagi qora ranglarni haddan ziyod ishlatilganligi, raqslar...
— Demak, ishimiz natija beribdi! Tomoshabinlarning aksariyati milliy qo‘shiq yoki milliy raqs deganda faqat qadimiy minoralarning yonida turib milliy liboslarda bir xil harakatlarni bajarishni tasavvur qilishdi. Biz esa bu klip orqali ayrim narsalarga o‘zgartirish kiritdik. Qora ranglarning ko‘pligiga kelsak, bu tanqid qilishga arzugilik sabab emas. Klipning rassomi uni shunday ko‘rinishda tasavvur qilgani uchun ham, shu taxlit suratga olingan. Biz dunyo standartlariga javob beradigan etno-klip qilganmiz. Natija yomon emas, yaxshi fikrlarni ham ko‘p eshitdik.