Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Choli Qushi-soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Manzura bugun tavallud ayyomini nishonlamoqda


Betakror imidji, ijro etgan qo‘shiqlari bilan doim muxlislar e’tiborida bo‘lgan xonanda Manzura Sardor Rahimxon bilan «Janim» klipi, so‘nggi vaqtda ma’murlarining o‘zgarishi sabablari haqida.

— Halima Ibragimova va Sardor Rahimxon bilan birga suratga olingan klipning promousheni kimning g‘oyasi edi?

— Bu klipga kirish edi. Aslida piarga insonlarda qiziqish kuchli.

— Bu yil konsert berish niyatingiz bormi?

— Yo‘q, chunki konsert berishim uchun repertuarim yaxshi bo‘lishi kerak. To‘g‘risini aytsam, avvalgi qo‘shiqlarimdan unchalik qoniqmayapman. Faqat muhabbat haqidagi qo‘shiqlardan iborat bo‘lib qolgandek.

— Oxirgi bir yil ichida uch yoki to‘rt marta ma’muringiz almashdi. Nima sababdan bunday?

— Bu ish. Aniq nimaga ekanligini ayta olmayman. Bittasi yoshlik qilib ketdi, boshqalari esa ma’lum bir sabablarga ko‘ra. Lekin ba’zi ma’murlarimdan nimalarnidir o‘rgandim ham.

— Ular siz haqingizda turli gaplar tarqatishi, ig‘volar qilishi mumkin edi-ku, bundan cho‘chimadingizmi?

— Shukur, menda unday bo‘lmadi. Shu paytgacha hech bir ma’murni san’atkorni ortidan yomonlaganini ko‘rmadim. Tinch kelib, tinch ketishadi.

— Hozir yodingizda qolgan va sizga juda yoqadigan hayotiy jumlani aytib o‘tsangiz?

— Inson yon-atrofidan uyalmasa, Yaratgandan ham uyalmaydi.

— Ko‘proq nima qilishni yoqtirasiz?

— Uyda o‘tirishni yaxshi ko‘raman. Ba’zi ishlar bilan ko‘chaga chiqishimga to‘g‘ri keladi-yu, ammo ko‘proq uyda bo‘lishni istayman. Davlat telekanallarini tomosha qilishni, tarixiy kitoblar o‘qishni yoqtiraman.

Bugun shirali ovoz sohibasi, xonanda Manzuraning tavallud ayyomi. Fursatdan foydalanib xonandani tabriklaymiz, kelgusida ijodiy parvozlar tilaymiz.

Ma’lumot uchun: Manzura — 1978 yil 21 fevralda Toshkent shahrida, rassom Muborak Yo‘ldoshev oilasida dunyoga keladi. Manzura bog‘cha davridayoq o‘zining noyob ovozi bilan barchani hayron qoldirardi. Qizidagi qobiliyatni sezgan ijodkor ota uni Uspenskiy nomidagi musiqa maktabiga beradi. U yerda olingan bilim va tajriba Manzurani vokal ustasi sifatida shakllantiradi.

Yosh bo‘lishiga qaramay, Manzura «Karubina» ariyasini «Neymer» orkestri jo‘rligida kuylaydi. Katta diapazonga ega ovozi bilan hammani hayratga solgan Manzura o‘zida yangi kuch sezgach, faqat oldinga intilish zarurligini tushunib yetadi. 1996 yilda Manzura opasi Nigina va dugonasi Nargiza bilan «Sebonu» guruhini tuzadi. Iqtidorli xonanda Ravshan Zokirov boshchiligida trio 2 ta qo‘shiq yozib, «Ofarin-96»ko‘rik tanlovida 2-o‘rinni egalladi.

Kutilmagan burilish har uch ijodkorni ham quvontirdi. Natijada solist Manzura shu yili Uspenskiy nomidagi musiqa maktabini tugatib, Toshkent Davlat Konservatoriyasida o‘qishni davom ettiradi. Omadli trio keyinchalik «Osiyo»duetigaaylandi. 2000 yil guruh tarkibida yana bir o‘zgarish ro‘y beradi. Duet sologa aylanadi. Manzura yakkaxon xonanda sifatida faoliyatini boshlaydi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5630 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Manzura
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное