Manzura: “Baxt xayrli bo‘lsa kelsin, xayrli bo‘lmasa kelmasin...”
Manzura nega Rayhon va Munisa bilan gaplashmasligi, “Assalomu alaykum” deyishining hamkasblari o‘rtasida tanqid qilinishi, yaqin odamlari bilan salomlashmay o‘tib ketishiga izoh berdi.
Xonanda Manzura Yo‘ldosheva “Qalampir.uz” saytiga bergan intervyusida muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Suhbat davomida aktrisaga Shahzoda Muhammedova ham boshlovchi sifatida o‘z savollarini berdi.
Aktrisa Shahzoda Muhammedovaning: Ko‘pincha sizning salomlashishingiz hamkasblar orasida tanqid qilinadi, kulishadi, nega shunaqa salomlashasiz, mazmunida bergan savoliga Manzura – Buning uchun uni tanqid qilish kerak emasligi, o‘zbek tilini bilishi, gapira olishi, gaplarini o‘zbek tilida yetkazib bera olishi, bu esa uning hamkasblari tomonidan tanqidga munosib emasligini aytdi.
Shuningdek, suhbat davomida xonanda sharttakilik odati borligi, hamma gapni odamning yuziga gapirishini, ba’zida o‘zi ham bundan qiynalishini aytib, shu odati bilan bilib-bilmay kimnidir xafa qilgan bo‘lsa, buning uchun o‘sha odamdan uzr so‘radi.
Kezi kelganda so‘rashmay qo‘yish odatini esa xayol surib yurishi, avtomatik tarzda salom berib, so‘ng o‘sha salom bergan odamini butunlay unutishi, bir oz vaqt o‘tgach haligi odamga salom berishi kerak bo‘lganini, bu kabi hodisalar ustozi Mavluda Asalxo‘jayeva bilan ham yuz berganini so‘zladi. O‘ziga salom bermay o‘tib ketadigan tanishlaridan esa xafa bo‘lgani, odamlarni o‘ziga yarasha muammolari bo‘lishini, buni to‘g‘ri tushunishini ta’kidladi.
Mukofotlarga qiziqmasligi borasidagi savolga esa xonanda: - Qachon beriladigan bo‘lsa o‘shanda olaman, dedi.
Munisa Rizayeva bilan gaplashmasligi haqidagi savolga xonanda: - G‘iybat qilishni xohlamasligini, qanaqa urushgan bo‘lsak shunaqa yarashib olishini, u katta bo‘la turib, Manzuraga salom bergani, lekin alik eshitmagani, ikki uch marta alik eshitmaganidan so‘ng u ham salomini bermay qo‘ygani haqida so‘zlab, aslida ikkisining orasida nima bo‘lib o‘tgani haqida aytishni istamadi. Lekin uning muxlisasi bo‘lmasa ham, ayrim qo‘shiqlarini yaxshi ko‘rib tinglashini bildirdi.
Rayhon bilan gaplashmasligi haqidagi savolga esa Manzura: “Muxlislari Rayhon va Munisani qanaqa yaxshi ko‘rgan bo‘lsa shunaqa yaxshi ko‘raversin. O‘zimni farishta, ularni yomon ko‘rsatib, shoxim chiqmaydi. "Bizning munosabatimiz bu- bizning munosabatimiz", dedi
Kiygan kalta “shortik” lari, buni suratga olib instagramda joylashtirgani, bu hozirgi yoshlarga qanaqa ta’sir qilishi mumkinligi haqida berilgan savolga Manzura plyajga borganida ushbu tennis kostyumini kiyganini, lekin bu xatosini to‘g‘rilashga harakat qilishi, bunaqa suratlar qo‘ymaslikka harakat qilishi, aslida instagram sahifasining unga qizig‘i ham qolmagani, shu bois oxirgi paytlar juda kam suratlar joylashtirayotganligini ma’lum qildi.
Yurak xuruji tufayli konserti qoldirilganligi, aslida konsert shu sabab qoldirilmaganligi haqidagi savolga esa Manzura javob berishni istamadi. Shunchaki bu savolni - Men bu savolga javob bermayman, keyingi savol... Nima bo‘lgan bo‘lsa uch kun xafa bo‘lamiz, deya izohladi.
Rejissyor Rustam Sa’diev bilan bog‘lashlari borasidagi savolga esa xonanda - Biz birga ishlaganmiz, hech qanaqa gap bo‘lmagan. Hammasi yaxshi bo‘lgan, faqat ishlab kelganmiz. Hozir ham munosabatimiz yaxshi, deya javob berdi.
Shahzoda Muhammedovaning ilgarigidek “stilyaga” bo‘lib chiqmayotgani haqidagi savolga Manzura – Hozir bu modadan qolganligi, aktrisaning o‘zi moda haqidagi fikrlarini o‘gartirishi keraligini aytdi.
Turmushga chiqmayotgani haqidagi savolni ilgari bu haqda o‘ylab siqilgani, hozir esa bu uni tashvishga solmayotgani, baxtli insonlar ko‘pligi barobarida, baxtsiz bo‘lib yig‘lab yurgan qizlar ham ko‘pligini ta’kidladi. Baxt xayrli bo‘lsa kelsin, xayrli bo‘lmasa kelmasin, dedi Manzura.