Maftunkor Shahzoda yangi film uchun saundtrek kuyladi
Estradamizning yorqin yulduzi, betakror Shahzoda yangi film uchun saundtrek kuyladi. Mazkur kartinaning nomi internet olamida ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan “Baron” filmidir.
Rustam Sa’diev rejissyorligida tasvirga olinayotgan kinokartina hali katta ekranlarga chiqib ulgurmasidanoq barchani e’tiborini tortgan. Saundtrek ijrochisi nomini eshitganlarni esa beixtiyor o‘ziga jalb etadi.
Chunki xalqimizning sevimli xonandasining har bir ijod mahsuli shu kungacha hech kimni befarq qoldirmagan. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan muxlislarni muhabbatini qozongan Shahzodaning ushbu qo‘shig‘i “Sirdoshim” deb nomlanadi.