Basketbol bo‘yicha Madridning "Real" jamoasi greklarning "Olimpiakos" jamoasini Yevroliganing final bahsida mag‘lub etdi.
Bu o‘yin Ispaniya poytaxtida o‘tkazildi va bahsda mezbonlar katta ustunlik ko‘rsatib, 78:59 (15:19, 20:9, 18:18, 25:13) hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi esa mag‘lub jamoa himoyachisi Mettyu Loyeski bo‘ldi. U 17 ochko ishlashga muvaffaq bo‘lgan.
Qayd etish joizki, bu yutuq orqali madridliklar to‘qqizinchi marta Yevropa chempioni sifatida tan olinishdi.