Hayotimiz mazmuni, dunyodagi jami go‘zallik, yaxshilik va ezguliklar timsoli bo‘lmish Ayolni-onani, opa-singillarimizni, qizlarimizni bahorning ajoyib bayramlaridan biri-Xalqaro xotin-qizlar 8-mart kuni bilan tabriklash menga haqiqiy quvonch bahshida etadi.
Chexrangizni go‘zallik, samimiyat, quvonch, baxt nashidasidan masrurlik tark etmasin. Qadringiz va qaddingiz doimo baland bo‘lib, ayollik martabangiz yuksalaversin.
Madaniyat va san’at sohasidagi faoliyatingiz uchun chuqur minnatdorchilik izhor etaman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!
Ehtirom ila,
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri
Baxtiyor Sayfullaev