1940 yilning 18 dekabrida Toshkentda tavallud topgan aktyor yarim asrdan ziyod faoliyati davomida teatr, kino va videofilmlarda 700 dan ortiq rollar ijro etdi.
Teatr va kino olamida takrorlanmas rollari bilan o‘z ijodiy yo‘lini, maktabini yaratgan aktyor, ustazoda san’atkor O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullaev 18 dekabr kuni qutlug‘ 75 yoshni qarshiladi.
1940 yilda Toshkentda tavallud topgan aktyor hozirgi O‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat institutini tugatadi. So‘ng Yosh tomoshabinlar teatrida ish boshlab, faoliyati davomida 200 ga yaqin spektakllarda bir-biridan esdaqolarli rollar ijro etadi. Kino va videofilmlar, televizion miniatyuralar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan ortiqdir.
1968 yilda hamkasbi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva bilan turmush qurgan aktyor – bugun 3 farzandning otasi, 7 nabiraning sevimli buvasi.
Lutfulla Sa’dullaev uzoq yillik ijodiy faoliyatida davomida o‘z hayoti va ijodidan hikoya qiluvchi, ustozlari, marhum hamkasblari haqidagi xotiralari jamlangan “Qismat”, “O‘kinch”, “Meni kechir...” nomli kitoblarini nashrdan chiqardi.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullaevni tavalludining 75 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.