AQShning Nevada shtatidagi Las-Vegas shahrida yuz bergan otishmada halok bo‘lgan deyarli barcha insonlarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi.
Bu haqda Las-Vegas polisiya boshlig‘i Yozef Lombarda 3 oktabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
Yozef Lombarda “uch kishidan boshqa barcha halok bo‘lganlarning shaxsini aniqladik”, deb ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 1 oktabr, kuni AQShning Las-Vegas shahridagi Mandalay Bay mehmonxonasi yaqinida bo‘lib o‘tgan musiqa festivali vaqtida otishma sodir bo‘lgandi.
Uning ijrochisi nevadalik 64 yoshli Stefin Peddok mehmonxonaning 32 qavatidan o‘t ochgan. U huquq-tartibot xodimlari yetib kelguniga qadar o‘z joniga qasd qilishga ulgurgan edi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia sabab 59 kishi halok bo‘lgan, 520 dan ortiq odam jarohat olgan.