O‘zbekistonlik taniqli xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni sohibasi Larisa Moskalyova oilasi og‘ir judolikka yuz tutdi. Bu haqda xonanda o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar qoldirgan.
Xonandaning xabar berishicha, u AQShda bo‘lgan va “Irma” to‘fonidan jon saqlayotgan bir paytda Toshkentda onasi vafot etgani haqida xabar topgan. 10 sentabr kuni Larisaning onasini ko‘mish marosimi o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, Moskalyova 10 sentabr kuni onasi 77 yoshni qarshilaganini va yaqinlaridan onasi haqqiga duo qilishlarini so‘ragan.
Ma’lumot uchun, Larisa Moskalyovaning onasi o‘z hayotini Toshkent shahri rivojiga bag‘ishlagan, 1966 yilda sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etish ishlarida ishtirok etgan.
Tahririyatimiz nomidan xonanda Larisa Moskalyovaga va uning oila a’zolariga ta’ziya bildiramiz.