Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

KXDR rahbari pochchasini itlarga yem qilgani hazil bo‘lib chiqdi


Tashqi dunyodan "temir pardalar yordamida to‘sib qo‘yilgan” Shimoliy Koreya haqida ko‘pincha yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Shu jumladan, mamlakat rahbari o‘z pochchasini och itlarga talatib o‘ldirganligi haqidagi yangilik ham shunchaki bir "hazil” bo‘lib chiqdi. "RIA Novosti”ning Reuters axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, bu shov-shuvli mish-mish Pxenyan Choy Senxu taxallusli xitoylik hajvchining hazilomuz tvitidan boshlanganligi ma’lum bo‘ldi.

Hajvchining Twitter servisidagi xabaridan ko‘chirma olgan Gonkongning Wen Wei Po gazetasi axborotni manbasini ko‘rsatmagan holda e’lon qilgan. Bu yangilikni G‘arb ommaviy axborot vositalari ko‘chirib bosishi natijasida dunyo bo‘ylab shov-shuvga aylanib ketgan.

Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) 13-dekabrda Chan Son Txek hukumatni ag‘darishga uringanligi sababli sud hukmiga ko‘ra qatl etilganligi haqida xabar bergan, ammo hukm ijrosi tafsilotlariga to‘xtalmagan. Biroq bundan bir kun oldin Wen Wei Po gazetasi, mazkur amaldor otish yo‘li bilan emas, balki tiriklayin itlarga yem qilgan holda qatl etilgani haqida ma’lumot bergan. Oradan 12 kun o‘tib, buni Singapurning Straits Times gazetasi ko‘chirib bosgan. Oqibatda Amerika va Yevropa OAVlari unga tayangan holda mazkur xabarni tarqatib yuborishgan.

 Manba:daryo.uz



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3006 | Рейтинг: 1| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное