Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Kunni muvaffaqiyatli boshlash uchun bajariladigan ishlar



To‘g‘ri boshlash – yarim muvaffaqiyat hisoblanadi, shuning uchun kunni bir necha muhim yumushlar bilan boshlashga odatlanish lozim. Shunda siz hayotingiz yaxshi tomonga o‘zgarayotganini seza boshlaysiz. Bular uchun ertalab bor yo‘g‘i besh daqiqa  ajratsangiz kifoya.


1 Tilni tozalaymiz
Ertalab tishlarni yuvishda tilga ham e’tibor qaratish kerak. Tilni tish cho‘tkasi yordamida tozalasangiz ham bo‘ladi. Bu hazm qilish a’zolariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ko‘plab bakteriyalarni yo‘qotishga yordam beradi.

2 Bir piyola iliq suv ichamiz
Uyqudan keyin organizmda suv balansini tiklash, shuningdek uni nonushta qabul qilishga tayyorlash zarur bo‘ladi. Bir piyola qaynamagan toza suvni isiting, bir tilim limon qo‘shing va shoshilmasdan iching. Bunday ichimlik tozalash tizimini ishga tushiradi va jigar faoliyatiga yordam beradi. 20 daqiqadan so‘ng nonushta qilsangiz bo‘ladi.

3 Asal yeymiz
Bir choy qoshiq tabiiy asalni nonushta qilishdan 10 daqiqa oldin yeyish tavsiya qilinadi. Bu immunitetni oshiradi, shuningdek miyaga quvvat bag‘ishlaydi va kun bo‘yi ish qobiliyatini ta’minlaydi.

Og‘zimizni vodorod peroksidi bilan chayqaymiz
Nonushtadan keyin, 50 ml qaynamagan toza suv va  5-7 tomchi vodorod peroksidi aralashmasi bilan og‘zingizni chayqang. Bu usul yoqimsiz hidlar kelishining, kariyes paydo bo‘lishining va milkdagi muammolarning oldini oladi.

Manba: “Xitrosti jizni”

SAYTIMIZ HAQIDAGI FIKRLARINGIZNI YOZIB  QOLDIRING !!!!


Manba:daryo.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 4046 | Рейтинг: 0| Рейтинг: maslahat.Tong
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное