Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Choli Qushi-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Qirolicha - Stakan Version
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Ishq Ertagi - Title sound
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Korporativ plastik karta universal bo‘ladi


Biznes yangi shartlarda kredit-pul jihatidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu haqda QHTBT portalida joylashtirilgan Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish va biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida aytiladi, deb yozmoqda Norma.uz.

Kredit-pul jihatidan qo‘llab-quvvatlash doirasida quyidagi imkoniyatlar nazarda tutiladi:

• tadbirkorlik sub’ektlariga – tovarlarni elektron tijorat vositasida sotishda pul mablag‘larini xizmat ko‘rsatuvchi bankka inkassatsiya qilish qoidalariga rioya qilgan holda to‘lovlar uchun naqd hisob-kitoblardan foydalanish, shuningdek tovarlar eksportini Milliy axborot-qidiruv tizimida ko‘rsatilmagan xalqaro savdo maydonlari orqali xalqaro, shu jumladan elektron to‘lov kartalaridan foydalangan holda amalga oshirish;
• yuridik shaxslarga – korporativ bank kartalari orqali ishlab chiqarish, savdo faoliyati, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat, ishlar bajarish bilan bog‘liq to‘lovlarni, shuningdek har qanday boshqa xarajatlar uchun to‘lovni amalga oshirish, shu jumladan davlat boji va yig‘imlarni to‘lash.

Bundan tashqari, bank operatsiyalari bo‘yicha komissiya haqlarining turi va miqdorini jiddiy qisqartirgan holda banklar tarif siyosatini maqbullashtirish rejalashtirilgan. Xususan, kredit olish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqqanlik uchun komissiya yig‘imlarini bekor qilish taklif qilinayotir.

Ushbu yo‘nalishda inkassatsiya xizmatlari uchun tariflarni maqbullashtirish va manbalaridan qat’i nazar jismoniy shaxslarning plastik kartalariga mablag‘ tushganda, shuningdek mablag‘larni asosiy hisobvaraqdan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning KPKga o‘tkazishda haq undirishni bekor qilish ham taklif qilindi.

Shuningdek, loyiha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga hisob-kitob terminallarini 12 oygacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash bilan sotish mexanizmini joriy qilishni ko‘zda tutadi.

Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2170 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Plastik karta, Korporativ
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное