Xitoyda tarqalib borayotgan koronavirusi insoniyatni tobora xavotirga solmoqda. Virus inson organizmiga qanday ta’sir qilishini va belgilarini CNN nashrida taqdim etilgan infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusi odamdan odamga yuqishi passiv bo‘lib, kasallik asosan hayvonlar orqali tarqalishini ta’kidlagan edi.
Vazirlik rasmda ko‘rsatilgan alomatlar paydo bo‘lganda zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishini va oddiy tumov kasalligini ham uy sharoitida davolamasligini so‘ragan.
Hozirgi vaqtga qadar virusdan 106 kishi halok bo‘ldi, 976 kishining ahvoli og‘irligicha qolmoqda.