Koreyada kuniga 7 mingta Samsung Galaxy S5 sotilmoqda
Ma’lumki,
dunyo bo‘ylab Samsung Galaxy S5 smartfonining sotilishi 11-aprelda boshlanishi
lozim. Ammo Janubiy Koreyada bu model allaqachon savdoga chiqarilgan va unga
talab juda katta, deb yozadi Mail.ru.
Koreyaning
Yonhap axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda Samsung Galaxy S5
qurilmalaridan har kuni 7 mingtasi sotilmoqda. Bir qaraganda, bu uncha katta
miqdor emas, axir, smartfonning oldingi avlodi – Galaxy S4 o‘z vaqtida kuniga 8
mingtalab sotilgan. Ammo yana bir jihatni ham nazarda tutish kerak: hozirda
Samsung’ning flagman smartfoni uchta asosiy operatordan bittasidagina
sotilmoqda.
Qurilmaning
narxi ham chakki emas – naq 820 dollarni tashkil etadi.
Smartfon
5,1 dyuym diagonalli, 1920×1080 pikselli displeyga ega. Qurilmaning to‘rt
yadroli Snapdragon 800 protsessori 2,5 gigagers chastotada ishlaydi. Galaxy S5
asosiy kamerasi 16 megapikselli bo‘lib, 4K sifat darajasida videoga ola biladi.
Unda gibrid avtofokus mavjud bo‘lib, juda tez – 0,3 soniyada zaruriy holatga
o‘tadi.