Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor ilk bor kinoda rol ijro etadi.
Deadline nashrining xabariga ko'ra, Konor “Yo‘l bo‘yidagi uy” filmining remeykida ishtirok etadi. Jeyk Jillenhol bosh rolni ijro etadigan ushbu filmda irlandiyalik sportchi sobiq UFC jangchisi rolini gavdalantiradi.
Suratga olish ishlari 2022-yilda Dominikan Respublikasida boshlanadi. Premyera sanasi esa noma’lum.