Kommunal to‘lovlarining narxi qanchaga ko‘tarildi?
2016 yilning 1 aprelidan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar oshirildi.
Elektr energiyasi
Yoqilg‘i-energiya boyliklari tannarxi qimmatlashishi natijasida elektr energiya tariflari oshdi. Unga ko‘ra:
- 1 kilovatt/soat elektr energiya narxi 167,40 so‘mdan 182 so‘mga chiqqan;
- Elektr plitalar bilan jihozlangan turar-joy aholisi uchun esa elektr energiya narxi 83,7 so‘mdan 91 so‘mga oshgan. Sovuq suv
1 apreldan markazlashgan issiq suv ta’minoti tizimiga ega xonadonlar uchun yangi tarif:
- Hisoblagich bo‘yicha 1 kubometr uchun 370 so‘mdan 390 so‘mga, ya’ni 5,4 foizga;
- Hisoblagichsiz kishi boshiga 4516,88 so‘mdan 4767,81 so‘mga, ya’ni 5,5 foizga;
- Barcha qulayliklar bilan ta’minlangan xususiy uylarda esa kanalizatsiya xizmatini qo‘shganda har bir kubometr uchun 265 so‘mdan 280 so‘mga, ya’ni 5,7 foizga;
- Xususiy uylarda kanalizatsiyasiz 160 so‘mdan 170 so‘mgacha;
Xususiy hisoblagich bo‘lmagan taqdirda kishi boshiga 4318,71 so‘mni tashkil qiladi.
- Toshkent shahridagi byudjet tashkilotlar uchun 1 kubometrga 170 so‘m (20 foizli QQS bilan 204 so‘m) kanalizatsiya xizmati bilan birga har bir kubometr uchun 110 so‘mni, (20 foizli QQS bilan 132 so‘m) etib belgilandi. Issiq suv va isitish tizimi
1 apreldan Toshkentda issiq suv ta’minoti va markaziy isitish tizimining yangi tariflari joriy etildi. Yangi tarif bo‘yicha:
- Issiq suv ta’minoti hisoblagich bo‘lgan holatda bir metr kub metr uchun 3174,05 so‘mdan 3459,90 so‘mgacha;
- Hisoblagich o‘rnatilmagan uylarda esa bir kishi uchun bir oyga 12395,4 so‘mdan 13511,73 so‘mga;
- Dushxonasi umumiy bo‘lgan yotoqxonalarda bir kishi uchun narx 9220,98 so‘mdan 10051,42 so‘mga;
- Markaziy isitish tarifi 1 kv. metr uchun 1073,06 so‘mdan 1169,70 so‘mga oshirildi.