— Farzandimni ikki yoshgacha emizdim. Emizishni to‘xtatganimdan keyin ko‘kragimning shakli o‘zgarganini sezdim. Buni to‘g‘rilashning imkoni bormi?
Nigora, 23 yosh, buxoro viloyatidan
Dilobar MIRRAHIMOVA, mammolog: — Bu ko‘krakning laktatsiyadan keyingi ptozi deyiladi. Bu holat farzandini emizgan ayollarning deyarli barchasida uchraydi. Ayol bolasini emizayotganida ko‘krak bezlari sutga to‘ladi, hajmi kattalashadi, ko‘krak terisi cho‘zilib ketadi. Emizish to‘xtatilgandan so‘ng sut bezlari avvalgi holatiga qaytadi: hajmi kichrayadi, cho‘zilgan teri esa qisqarmaydi, balki osilib qoladi. Agar bu holat ayol kishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lsa va ayol ko‘krak shakli va hajmini tiklashni xohlasa, buni plastik jarrohlik yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.