Ko‘k choy yurak ritmini izdan chiqarishi mumkin, qon bosimi past yuradigan kishilarda esa, uni yana pasaytirib yuborishi mumkin.
O‘n ikki barmoqli ichagida kasalligi borlarga. Bunday holatda ko‘k choy ichish oshqozon va ichaklarga zarar yetkazadi.
Qalqonsimon bezlarida kasalligi bor kishilar ham o‘zlarini tiyishlari lozim.
Ko‘k choy emizikli onalarning tiniqib uxlashlariga zarar qiladi.
Ko‘k choyda mavjud bo‘lgan kofein va teofilin moddalari taxikardiya xastaligini keltirib chiqarishi mumkin va asab tizimi faoliyatini izdan chiqarishi mumkin.
Glaukoma va podagra kasalliklari bor kishilarga bu choyni ichish tavsiya etilmaydi.
Choy qancha ko‘p dam yesa, undagi purin kislotasi shunchalik ko‘payadi.
Bundan tashqari ko‘k choyni ko‘p miqdorda ichish mumkin emas. Bu esa, buyraklarda tosh paydo bo‘lishi xavfini tug‘diradi.