Klip suratga olish uchun Nilufar Usmonovaning ozishini kutishmoqda
Xonanda ozmagunicha
klpiga suratga tushmoqchi emas, shuning u hozirda qattiq parxezda. Nilufar
Usmonovaning xonandalik bilan bir qatorda onalikni ham bir maromda olib borayotgani
haqida ko‘p gapiramiz-u, lekin talabalikni qanchalik uddalayotganini nazardan chetda
qoldiramiz. Toshkent Davlat Yuridik institutining to‘rtinchi bosqichida tahsil olayotgan
xonanda, ayni kunlarda diplom ishini yozishga jon-jahdi bilan kirishgan. Darvoqe
shu kunlarda xonanda ozishga qattiq qaror qilgan ko‘rinadi. Ya’ni, har kuni tonggi
soat 6:00 da yugurish va suzish mashqlari bilan shug‘ullanyapti. Bundan tashqari,
o‘zi uchun parhez ham o‘ylab topgan. Xonanda o‘zi istagan darajada ozgach, uning
"Ana-ana” nomli qo‘shig‘iga klip suratga olish ishlari boshlab yuboriladi. Mazkur
klipda xonandani o‘nga yaqin kutilmagan obrazlarda ko‘rishingiz mumkin.