Super og‘ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF versiyalari bo‘yicha jahon chempioni 38 yoshli ukrainalik Vladimir Klichko (63-3, 53 KO) 30 yoshli amerikalik Brayant Jennigsga (19-0, 10 KO) qarshi kechadigan jangga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda sports.uz xabar qiladi.
Shu vaqtga qadar Avstriyaning Alp tog‘larida tayyorgarlik olib borgan bokschi endi mashg‘ulotlarni AQShda davom ettiradi. Bu mashg‘ulotlarda Klichkoga professional faoliyatida 12 jang (10 nokaut) o‘tkazib, barchasini g‘alaba bilan yakunlagan yangi zelandiyalik og‘ir vaznli charm qo‘lqop ustasi Jozef Parker yaqindan yordam bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Klichko - Jennings o‘rtasidagi boks kechasi 25 aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.