Kira Naytli 5 yildan buyon parik kiyib yurishini tan oldi
"Oskar" mukofoti nomzodi, britaniyalik aktrisa Kira Naytli 5 yildan buyon parik kiyib yurishini tan oldi. Bu haqida People xabar berdi.
Kiraning so‘zlariga ko‘ra, u turli filmlarda suratga tushish uchun ko‘p marta sochlarini bo‘yashiga to‘g‘ri kelgan. "Hammasi shu qadar yomonlashib ketdiki, oxir-oqibat mening sochlarim to‘kila boshladi", - deydi Naytli.
Shuningdek aktrisa so‘nggi besh yil davomida pariklardan foydlanishiga to‘g‘ri kelganligini tan oldi.
Hozirda aktrisaning sochlari qayta tiklanmoqda, biroq ona bo‘lganligi munosabati bilan u o‘z uslubini o‘zgartirishga qaror qildi.
"Mening sochlarim tabiatan haddan ziyod jingalak, farzandli bo‘lganimdan keyin esa ular o‘n barobar chigallashdi. Endi meni chigal sochlar muammosi qiynamoqda", - deya shikoyat qildi Naytli.
Kira Naytli "Karib dengizi qaroqchilari", "Anna Karenina", "Xavfli usul", "Qirol Artur" kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.