Karen Gafurjonov qaysi san’atkorlarga insof so‘radi
2000 yillarda o‘zbek estradasining rivojlanish bosqichini Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova, Nasiba Abdullayeva, Ozoda Nursaidova, Ruslan Sharipov kabi ustoz san’atkorlarsiz tasavvur qilib bo‘lmagani holda “Xo‘ja”, “Bolalar”, “Shahzod”, “Anor”, “Bayram” guruhlarining qo‘shiqlarisiz tasvirlash qiyin. Yuqorida nomi keltirilgan xonandalar va guruhlarning o‘z davrida oshig‘i olchi bo‘lgan. Bugun ularning ko‘plari o‘z o‘rnini yoshlarga bo‘shatib bergan.
Aytilganlar qatorida “Anor” guruhining o‘rni bo‘lakcha edi. Karen Gafurjonov boshchiligidagi “Anor”chilarning qo‘shiqlarini o‘sha avlod vakillari yaxshi eslaydi. Keyinchalik guruh tarqaldi, Gafurjonov yakkaxon tarzda ijod qila boshladi. Biroq bu ham ko‘pga bormadi. Orada juda katta tanaffus, bo‘shliq paydo bo‘ldi. Goh kino, goh teleko‘rsatuvlardagi chiqishlar, goh qo‘shiqchilik... Karen na unisini va na bunisining etagidan mahkam tutdi... Bugun u yana katta sahnaga qaytish taraddudida. Kuzatuvlari natijasida orttirgan tajribasi u bu yo‘lda ravon harakatlanishiga yetarmikin? Har holda bugungi shou-biznesi kechagisidan ancha shafqatsiz. Bugungi kichik urunishlar kecha yo‘qotilganlarning o‘rnini to‘ldirish o‘rniga, borlarini ham boy berishga sababchi bo‘lmasmikin. Karen Gafurjonov bilan suhbatimiz aynan shular haqida bo‘ldi. — Keling, suhbatni bugungi kundagi faoliyatingiz bilan boshlasak. Nimalar bilan bandsiz?
— Asosiy vaqtimni studiyada o‘tkazyapman. Yangi qo‘shiqlar, musiqalar ustida ishlayapman. To‘g‘ri, ancha vaqt yo‘q bo‘lib ketdim...
— Sabab?
— Buni hozir ayta olmayman. (o‘ylanib) Avval ham ijodim ko‘p bo‘lmagan. Men aytadigan qo‘shig‘imni kutganman. O‘zimnikini topsam kuylaganman, bo‘lmasa yo‘q. TVda ko‘rinmaganim, konsert dasturlarida chiqmaganim bilan butkul ijodni tashlab qo‘yganim yo‘q. Qo‘shiqlar yozdim, lekin ko‘plari o‘zimga yoqmadi. Shuning uchun bu qo‘shiqlarni tinglovchilarga taqdim etishni ep ko‘rmadim. — Balkibumoddiylikkahambog‘liqdir.
— Yo‘q. Agar sezgan bo‘lsangiz, hamma san’atkordan keyin Instagram’da shaxsiy sahifamni ochdim va ayni damda mening ijodimni necha yillardan buyon kuzatib kelayotgan muxlislarim bilan muloqot o‘rnatyapman. Ular mendan nimani kutayotgani bilan qiziqyapman. Lekin ko‘proq sho‘x qo‘shiqlar kuylamoqchiman.
— Nega Instagram’dasahifaochishmasalasiniavvalroqo‘ylabko‘rmagansiz. Bugunijtimoiytarmoqlarsan’atkorvamuxlisnibog‘lovchiasosiyko‘prikvazifasinibajaryapti. Hatto, umumanijodqilmayqo‘ygansan’atkorlarhamijtimoiytarmoqlarorqaliborliginiboshqalargaeslatibturibdi.
— Bilmadim, men Instagram’ga qaerda ovqatlanayotganim va qaysi do‘kondan kiyinayotganim tasvirlangan suratlarni joylashni to‘g‘ri deb bilmayman. Shuning uchun unda asosan ijod aks etgan suratlarni ko‘rasiz. — Ijtiomiytarmoqlardagimuxlislaringizningfikrinio‘rganayotganingizvaasosansho‘xqo‘shiqlarkuylamoqchimandeyishingizgaqaraganda, sizhamboshqalarkabitalabgaqarabishlamoqchisiz. Boshqalardannimafarqingizqoladi?
— Yo‘q-yo‘q! Shunchaki odamlarning fikri bilan qiziqyapman, xolos. Chunki anchadan buyon tinglovchilarim bilan muloqotda bo‘lmadim.
— Buoradao‘zbekshou-biznesianchao‘zgaribketdi. Turk, ozar, forsmusiqalariaralashmasibo‘lganqo‘shiqlarhamko‘paydi.
— Ancha yillik tanaffusda men pishdim. Demoqchimanki, kuzatganlarim natijasida siz aytayotgan xatolarga qo‘l urmasligim aniq. Har holda bunday qo‘shiqlardan tinglovchilarning o‘zi ham charchab ketgan. — Buguno‘zbekshou-biznesidagiaksariyatqo‘shiqlardamilliymusiqadegantushunchaqolganiyo‘q. Haliuyg‘ur, halifors, ko‘phollardatojikvaozarmusiqasiningqorishmasinipayqagandekbo‘laman.
— Afsuski, shunday. Men gapingizga to‘liq qo‘shilaman. Bu holat ancha yillardan buyon bor. Lekin men kimnidir tanqid qilishga hozircha tayyor emasman.
— Haqqingizbordir, harholdatajribangizkatta.
— Balki... U davrlarni hozirgi payt bilan solishtirib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, raqobat kam edi, lekin texnik imkoniyatlar bugungidek bo‘lmagan, ko‘proq iste’dodga tayanilgan. Agar bugungi san’atkorlar hozirgi imkoniyatlardan to‘liq foydalana olsa, juda ko‘p yangiliklar qilsa bo‘ladi. Aytishga oson, lekin nega yangilik qilmayotganlarining sababini bilmayman. Ustiga-ustak hozirgi san’atkorlarda bir muddat dam olay degan tushuncha yo‘q.
— Sizningcha, tanaffuslarhamfoydaberadi.
— Albatta! Dunyo shou-biznesini kuzatsangiz ko‘pchilik xonandalar yiligi bor-yo‘g‘i bitta qo‘shiq chiqaradi. Bir necha yillab o‘z qo‘shig‘ini qidiradiganlar ham bor. Shunga yarasha sifat ham oshadi.
— O‘zbek shou-biznesida Karen Gafurjonovning nomi boru ijodi yo‘q. Odamlar uni na qo‘shiqcha, na teleboshlovchi va na aktyor sifatida biladi.
— To‘g‘ri, buni tan olaman. Men tanaffusda o‘zimni qidirdim. Shuning uchun meni ko‘pchilik tanimasligi ham mumkin. Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak.
— Tanaffus vaqtida boshqalarda qanday xatolarni ko‘rdingiz?
— Musiqani o‘g‘irlash – bu eng katta xato. Izlanish qolmadi. — Buni talabga yarasha taklif deb baholashyapti. Balki siz ham majbur bo‘larsiz.
— Yo‘q. Urfning ortidan quvmayman.
— Kimlirni eshityapsiz?
— Doimiy ravishda Botir Zokirov va “Yalla” guruhining qo‘shiqlarini eshitaman. Bundan tashqari, Rashid Xoliqov, Sevara Nazarxon, Ozodbek Nazarbekov, Alisher Fayzning qo‘shiqlari yoqadi. Ayniqsa, Alisherning ijodini juda yuqori baholayman. Unda san’atkorga xos hamma narsa bor. Iqtidor, tashqi ko‘rinish, madaniyat, bilim, dunyoqarash...
— Boshqalarni eshitishingizni ochiq aytarkansiz...
— Albatta, yaqinda Jahongir Otajonovning konsertiga ham bordim.
— O‘tgan yillardagi tanaffus shaxsiy hayot bilan bog‘liq bo‘lmadimi?
— Yo‘q.
— Chunki bundan ikki yil avval ham “Mana ijodni boshladim, yangi musiqiy albomimni taqdim etish arafasida turibman”, degandingiz. Bugun ham ijodni boshlayapman deyapsiz. Yana ikki yildan keyin siz bilan shu mavzu suhbatlashmaymizmi?
— Men tanaffus qilganim bilan ijodni butkul tashlab qo‘yganim yo‘q. San’atkorning ijodi har kuni TVda ko‘rinishi, qo‘shiqlari radioda har soatda berilishi bilan o‘lchanmasligi kerak. Fikrimcha, o‘ylab qilingan ishning natijasi katta bo‘ladi.
— Oila borasida qachon aniq to‘xtamga kelasiz?
— Har yili oila qurishni rejalashtiraman. Qaerga bormay san’atkor do‘stlarim “To‘y qachon, yaqin orada to‘yingizda xizmat qilamizmi?”, deb savolga tutishadi. Albatta, tez orada men ham bo‘ydoqlar safidan chiqaman.
— Demak, bu yil, shundaymi?
— Aniq vaqtini hozir aytolmayman. Chunki bu Yaratganning xohishi.
— Nega san’atdagi shuncha yillik tanaffus davrida uylanmadingiz?
— Menga sevgi kerak. Chin ma’noda yaxshi ko‘rib qolishim, ko‘ngil qo‘yishim shart. Men haqiqiy sevgi nima ekanini juda yaxshi bilaman. Buni boshimdan o‘tkazganimni, qattiq sevganimni ko‘pchilik biladi. Bu haqda juda ko‘p gapirganman. Mening holatimni umrida bir marta bo‘lsa ham sevib ko‘rgan odamgina tushunadi, xolos.
Yaqinda taksiga ketayotganimda haydovchi meni tanib qolib, savolga tuta boshladi. Tabiiyki, suhbatning oxiri doimgidek uylanishga borib taqaldi. To manzilimga yetgunimga qadar haligi katta yoshli haydovchi oila qurishim kerakligi haqida gapira ketdi. U kishining qo‘sha-qo‘sha farzandlari, nabiralari bor ekan. Mashinadan tushayotib haydovchiga savol berdim: “Mana, oilangiz, farzandlaringiz, nabiralaringiz bor ekan. Shuncha yil davomida baxtli hayot kechirdingizmi?” Afsuski, haligi haydovchi savolimga javob bera olmadi. Menimcha, har bir odam “Baxt nima?” degan savolga umri davomida javob topishi kerak. Muhabbatsiz baxtli oilani qurib bo‘lmaydi. Vaqti kelib o‘sha muhabbatni, o‘zim intilgan baxtni topishimga ishonchim komil.
— Bugungi qo‘shiqlar yashab qolmayotganining asosiy sababi mavzularning sayozlashib ketayotganidamasmikin?
— Yosh, kechagina qo‘shiqchilikni boshlagan xonandalar aql o‘rgatib qo‘shiq kuylasa, uni odamlar qabul qilolmaydi. Menimcha, har bir xonanda yoshiga yarasha qo‘shiq kuylashi kerak.
— Yoshi kattalar ham mavzu borasida yoshlardan qolishayotgani yo‘q. Bu oqimga qo‘shilib ketishning o‘zginasi.
— Ularga insof bersin! Har bir san’atkor sahnada ishonchni oqlashi, mas’uliyatni his qilishi kerak.
— Vatan mavzusidagi qo‘shiqlar haqida fikringiz qanday. Taniqli ayol xonandalardan birining shu mavzudagi qo‘shig‘ini eshitib, hafsalam pir bo‘ldi. Yana o‘sha kuchanib aytish, yana o‘sha soxtalik...
— Bu mavzuda kuylashga hammaning haqqi bor, lekin buni moda darajasiga chiqarmaslik kerak. Mana, Sevara Nazarxonning “Ulug‘imsan Vatanim” qo‘shig‘i yillar o‘tsa ham yashab kelyapti. Qaysi mavzuda kuylashlaridan qat’i nazar eplay olishmasa, kuylamaganlari ma’qul.
— Shu gaplarni o‘sha hamkasblaringizning o‘ziga ayta olasizmi?
— Albatta, lekin hammaning orasida emas. O‘ziga alohida tushuntiraman.
— Kuni kecha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipovning suratlari tarqaldi. Siz ham ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.
— Bu suratlar muborak Ramazon oyida tarqatilishining o‘zi juda xunuk holat. Ustiga-ustak Ruslan Sharipovning bu alfozdagi rasmlarini tarqatganlarning maqsadini tushunganim yo‘q. Mayli, kimlargadir e’tibor tortish, piar qilish kerakdir, lekin buning boshqa yo‘llari ham bor-ku. Aksincha, Ruslanning bechorahol suratlarini tarqatmasdan, ashaddiy muxlisirini to‘plab, qandaydir aksiya o‘tkazish, uni yana san’atga qaytarish yo‘llarini izlab topish kerak edi. Nahot, bu suratlarni tarqatayotganlar o‘zini uning o‘rniga qo‘yib ko‘rmagan bo‘lsa?
Bir necha soniyadan keyin qanday ahvolda bo‘lishimizni hech kim bilmaydi. Bugun Ruslan Sharipovning o‘rnida istagan san’atkoringiz bo‘lishi mumkin edi.
— Bunda san’atkorlarning ham aybi bordir. Bugun qahramonlik qilib, Ruslan Sharipovning tarafini olayotganlar vaqtida uni bu yo‘ldan qaytarishga harakat qilishi kerakmidi...
— Yo‘q! Har bir narsa avvalo insonning o‘ziga bog‘liq. Tushkunlikka tushish ham, undan chiqib keta olish ham o‘zimizning qo‘limizda. Ayniqsa, erkak kishi har qanday vaziyatda irodasiga suyanishi kerak. Men Ruslan Sharipov bilan ko‘p muloqotda bo‘lmaganim uchun uning bugungi ahvoli haqida bir narsa deyolmayman. Shunisi aniqki, uni kutayotgan, sog‘ingan muxlislari talaygina. — Ijodkorlardatushkunlikkatushishgabo‘lganmoyillikkatta. Sizdachi?
— Yo‘q. Men biroz o‘ylayman, yetti o‘lchab bir kesgach, aniq bir qarorga kelaman va yana o‘rnimdan turib yo‘limda davom etaman. Buning uchun atrofingizdagi do‘stlaringiz ham sizni qo‘llab-quvvatlashni bilishi kerak. Yashayapsizmi, demak ko‘nikishga majbursiz.
— TV, radiovaijtimoiytarmoqlardagiroliklargasizninghamko‘zingiztushgandir. Ko‘phamkasblaringizo‘zicheksada, spirtliichimliklarichsada, TVgachiqibsog‘lomturmushtarzinitarg‘ibqilmoqda. San’atkorningma’naviyqiyofasihamaytayotgangapiga, kuylayotganqo‘shig‘igamosbo‘lishikerakemasmi?
— Juda to‘g‘ri, men fikringizga qo‘shilaman. Lekin buni san’atkorlarning o‘zi tushunib yetmasa, har qancha gap befoyda. Shaxsan men spirtli ichimliklar iste’mol qilmayman, chekmayman ham. Shuning uchun bu mavzuda gapirishga haqliman deb bemalol ayta olaman.
— Sizsan’atkorlarorasidaginimaniqabulqilaolmaysiz?
— Ikkiyuzlamachilik, hiyonatni. Bugun bu holat san’atda oddiy holdek qabul qilinyapti. Bir davrada o‘tirgan odamlaringiz ketishingiz bilan ortingizdan g‘iybat qilishini qanday qabul qilish mumkin? Men bunga o‘rgana olmayapman.
— Shou-biznesdaodamgarchilikniushlabqolishqiyin.
— Tarbiya har narsaga davo. Men hamma bilan munosabatlarda masofa saqlashga, boshqalarning hurmatini joyiga qo‘ygan holda, o‘z hurmatimni ham yerga urmaslikka o‘rganganman. Sahnada san’atkor bo‘lganimiz bilan, tashqarida oddiy odammiz. Buni gapirish juda oson va bu gaplarni istagan san’atkoringizdan eshitishingiz mumkin. Gap bu haqda nutq so‘zlashda emas, aksincha, amal qilishda. Men hayotim davomida ma’lum talablarim va prinsiplarimga amal qilib yashadim. Do‘stlikka hiyonat qilmadim, hech kimdan kechmadim va bu eng katta faxrlana oladigan yutug‘im.