"Kamolon"da yonib ketgan Epica'ning suratlari tarqaldi
Kecha, 3 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda Toshkentning “Kamolon” mavzesida yonayotgan Chevrolet Epica avtomobilining suratlari va videolari tarqaldi.
Voditeli Tashkenta guruhi a’zolari va messenjerlardagi izohlarga qaraganda, bu voqea 1 fevral kuni sodir bo‘lgan. Aytishlaricha, mashinaga gaz "ballon”i o‘rnatilgan bo‘lib, yong‘in kelib chiqishiga aynan gaz "ballon” sabab bo‘lgan.
Vodeteli Tashkenta guruhida esa mazkur avtomobilning yong‘indan keyingi suratlari tarqaldi. Epica shu qadar tanib bo‘lmas holatga kelganki, uni ko‘rgach yong‘in ancha jiddiy bo‘lganini payqash qiyin emas. Suratlarga qarab etingiz junjikib, mashinaning ichidagilarga shikast yetmabdimi, deyishingiz tayin. Yong‘in sabab jarohatlanganlar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Guruh a’zolari esa avtomobil endi “metallolom”dan boshqa narsaga yaramasligini aytishmoqda.