Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Kam uyquning yangi xavfi ma’lum qilindi


Kaliforniya shtati Berkli universitetining olimlari aniqlashicha, uyqu bilan bog‘liq muammolarga ega bo‘lgan kishilar o‘zini yolg‘iz his qilishadi va boshqalar bilan muloqot qilishdan qochishadi. Bu haqda MedicalXpress’dagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi.

Tadqiqotda normal tungi uyqu va uyqusizlikdan tekshiruvdan o‘tkazilgan 18 nafar yoshlar ishtirok etdi. Har bir holatda, tekshiriluvchilar keyingi kun video tomosha qildilar, unda yuzi neytral ifodada bo‘lgan kishi kameraga yaqinlashdi. Ko‘ngillilar ruhiy bezovtalikni sezishganida, videoni to‘xtatadigan tugmachani bosishlari kerak edi.

Ma’lum bo‘lishicha, ishtirokchilar uyqusiz kechadan so‘ng tugmani normal uyqu holatidan ko‘ra ko‘proq bosishgan. Bundan tashqari, miyani skanerdan o‘tkazish natijalari shuni ko‘rsatdiki, yomon uxlaganlarning miyasida ehtimoliy tahdidlarga javob berish uchun mas’ul bo‘lgan neyron zanjir ishga tushgan. Ijtimoiy munosabatlarni ta’minlovchi miyaning boshqa qismi, aksincha, kamroq faol bo‘lgan.

Tadqiqotning ikkinchi qismida mingdan ortiq kuzatuvchilar ishtirokchilar uyqusizlikdan aziyat chekayotganini bilmagan holda tajriba yozuvini ko‘rishgan. Ularning fikriga ko‘ra, sinovda ishtirok etganlar boshqalar bilan muloqot qilishdan qochuvchi yolg‘iz odamlar bo‘lgan.



Manba:kun.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 7327 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kam uyqu
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное