Jurnalistika sohasida alohida universitet tashkil etiladi - Prezident
O‘zbekistonda Jurnalistika va ommaviy axborot vositalari universiteti tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida ma’lum qildi.
«Nodavlat OAV, internet saytlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat jamg‘armasini tuzish maqsadga muvofiq.
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etamiz», dedi prezident.
Yangi universitet uchun alohida bino ajratiladi.
«Hamma joyda kollej, litsey qildik, marmar toshlar qildik. Lekin hamma narsani o‘qish, bilim hal qiladi. OAV demoqdamiz. Bizda qaysi OAVning Xitoyda, Koreya, Rossiyada, Yaponiyada vakili bor? Internetdan olgan voqeani uch kundan keyin beramiz. Jurnalistlar qani til biladigan? Qaerda tayyorladik? Jurnalist bu axborot texnologiyani bilgan mutaxassis bo‘lishi kerak. Koshona litseylar qurganmiz. Lekin ichidagi domlasi menga yoqmaydi. Bitta litseyni olib uni jurnalistikaga beramiz», dedi prezident.