Bugun, 14 sentabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta majlislar zalida Toshkent shahar va tuman Xalq deputatlari Kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda 330 dan ortiq deputatlar, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdilar. Yig‘ilishni Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov olib bordi.
Yig‘ilish kun tartibida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jaevni Oliy Majlis Senati a’zosi sifatida saylash masalasi muhokama etildi.
Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, Toshkent shahar hokimi Ortiqxo‘jaev Senat a’zosi etib saylandi.
Jahongir Ortiqxo‘jaev 1975 yil 2 yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. 1991-1996 yillarda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2015 yil “Do‘stlik“ ordeni bilan mukofotlangan. Toshkent shahar “Artel Injiniring“ MChJ direktori lavozimida ishlab kelgan.
2018 yil 26 aprel kuni Ortiqxo‘jaev Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi.