Jahon banki bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kundagi iqlim o‘zgarishlari, ekologik muammolar sabab sayyoramizda 2030 yilga borib, qashshoqlik darajasi yanada ortishi mumkin.
Agar global isishga qarshi yetarlicha choralar ko‘rilmasa, yana 15 yildan so‘ng, Yer yuzidagi qashshoqlar soni 100 million kishini tashkil etadi.
Bugungi kunda Afrika hamda Janubiy Osiyo mintaqalarida global isish juda katta talofatlarga sabab bo‘layotir. Bu esa, nisbatan kambag‘allikda kun kechirayotgan ushbu hududlar aholisini tang vaziyatga tushirib qo‘ymoqda.
Jahon bankining bayoniga ko‘ra, global isish yog‘ingarchilik miqdorining kamayishiga, bu esa o‘z navbatida hosildorlik darajasining tushib ketishiga sabab bo‘ladi. Harorat va suv toshqinlarining ortishi sababli kasallik tarqalishi ehtimoli ham oshadi. Bezgak, diareya, rivojlanishning oqsashi bilan kasallanish darajasi 2030 yilda 5 foizga, 2080 yilda 30 foizga ortadi. Bu esa, ishlab chiqarish salmog‘ini ham keskin tushirib yuborishi kutilmoqda.