Istomin “Rolan Garros” turnirining juftlik bahslarida ham ishtirok etadi
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Fransiya poytaxti Parij shahrida boshlangan “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” xalqaro turnirining juftliklar bahsida chexiyalik Lukash Rosol bilan bahslarga kirishadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu duet birinchi bosqichda juftliklar musobaqasida ikkinchi raqam ostida saralangan Peyya / Suares (Avstriya / Braziliya) juftligi bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin mazkur yirik musobaqaning yakkalik bahsi birinchi bosqichida ukrainalik Sergey Staxovskiy bilan bahs yuritadi. Mazkur uchrashuv bugun, 27-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.