Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Iroqda asir tushgan Turkiya fuqarolari ozod qilindi

Noma'lum jangarilar 2 sentyabr kuni qo'lga olingan Turkiya fuqarolarini ozod qildi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Bir guruh qurollangan shaxslar internetda joylashtirilgan videolavhada asirlar Turkiya hukumati bergan va'dalarini bajargani tufayli ozod qilinganini ta'kidlagan.
“Biz bilan yaxshi munosabatda bo'lishdi”, - dedi arabchalab tutqunlardan biri.

Eslatib o'tamiz, 2 sentyabr kuni Bag'dodning sharqidagi Madinat as-Sadr tumanidagi qurilayotgan Olimpiya sport majmuasiga niqobli shaxslar bostirib kirib, Nurol İnşaat kompaniyasining 18 nafar xodimini o'g'irlab ketgan edi. Ulardan 2 nafari ilgariroq ozod qilingan edi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2067 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Iroqda asir tushgan Turkiya fuqarol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное