Zerodium kompaniyasi o‘z saytida iOS 9 operasion sistemasini buzgan kishi yoki jamoaga 1 mln dollar mukofot berilishi to‘g‘risida xabar qildi.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, barcha operasion sistemalar himoya tizimida zaiflik bo‘ladi. Ammo Apple xavfsizlik rejasida doimiy ravishda takomillashish mavjudligi bois mobil OS ancha-muncha himoyalangan. Ularning fikricha, 1 mln dollar iOS 9ni buzganlarga to‘lash uchun yaxshigina mukofot.
Avvalroq xakerlar iPhone uchun mo‘ljallangan virus yordamida Apple Id`ning 225 ming akkaunti ma’lumotlarini o‘g‘irlagan edi.