iOS 11 operasion tizimida kalkulyator bilan bog‘liq xato topildi.
“iOS 11 kalkulyatorida 1 + 2 + 3 deb tez yozib ko‘ring. Ishonchim komilki, 6 chiqmaydi”, deb yozadi foydalanuvchilardan biri.
Aniqlanishicha, simvollarning tez yozilishida kalkulyator barcha harakatlarni “tushunmay” qolishi va xato natijani ko‘rsatishi mumkin ekan. Masalan, 1 + 2 + 3 tez yozilganda, dastur axborotni qayta ishlashga ulgurmaydi va kiritilgan malumotni 1+23 deb hisoblab, javob 6 o‘rniga 24 chiqadi.
Foydalanuvchilar belgilardan so‘ng tanaffus qoldirishni maslahat berishdi, shu bilan birga Apple o‘z xatosini tuzatishiga umid bildirmoqdalar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Apple kompaniyasi iPhone 8 va iPhone 8 Plus hamda iPhone X smartfonlarini taqdim etgani, ularning orqa korpusi shishadan ishlangani va quvvat oldirish moslamasi simsiz ekanligi haqda xabar bergan edik.