Mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchi Intel korporatsiyasi o‘zining asosiy raqobatchisi Altera’ni sotib olmoqchi. Reuters agentligining ma’lum qilishicha, bu kelishuv Intel tarixidagi eng yirik savdo amaliyotiga aylanishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, Intel raqobatchi kompaniyani 10 mldr dollarga sotib olishni rejalashtirmoqda, ammo savdo jarayonida uning narxi bir qadar ko‘tarilishi mumkin.
The Wall Street Journal gazetasida bo‘lg‘usi shartnoma haqida axborotning e’lon qilinishi bilan Altera’ning aksiyalari narxi bir kun ichida 28 foizga o‘sib, 44.39 dollarni tashkil qildi. Natijada korporatsiyaning bozor kapitalizatsiyasi 13.4 mlrd dollarni tashkil etdi. Intel’ning qimmatbaho qog‘ozlari 6.4 foizga qimmatlashib, korporatsiyaning narxi 151.6 mlrd dollarni tashkil qildi.