Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Inson miyasi hech qachon birinchi o'rgangan tilini esdan chiqarmasligi aniqlandi

Siz boshqa davlatga ko'chib o'tib, yoshligingizda gapirgan tilni umuman unutib qo'yganingizdek tuyulishi mumkin. Biroq sizning miyangiz uni unutmaydi. Bundan tashqari, “unutilgan” til sizning yangi tilning o'rganishingizga ta'sir qiladi.

Inson tomonidan o'zlashtirilgan birinchi til (agar u bu tilda uzoq vaqt gaplashmagan bo'lsa ham) miya tomonidan tovushlarning qayta ishlanishi jarayoniga ta'sir qiladi. Buni Monreal nevrologik instituti va Makgill universiteti olimlari aniqlashdi va izohlab berishdi. Ushbu ixtiro neyropsixolog va nevrologlarga juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u miyaning tilni o'zlashtirishini ko'rsatadi hamda insonning yangi til muhitiga moslashishiga ko'mak beradi.

Tadqiqotda 10 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalar ishtirok etishdi, ular uch guruhga bo'lindilar. 1-guruhga Frantsiyada frantsuz tilida gaplashuvchi oilalarda tug'ilib, voyaga etgan bolalar kiritildi. 2-guruhga Xitoyda tug'ilib, biroq ota-onasi bilan Frantsiyaga 3 yoshligigacha ko'chib o'tgan va tadqiqotda ishtirok etish paytida faqatgina frantsuz tilida gaplashadigan bolalar kiritildi. 3-guruhga frantsuz va xitoy tilidan foydalaniladigan oilalarda voyaga etgan va buning evaziga ikki tilni ham o'zlashtirib olgan bolalar kiritildi.

Tadqiqot davomida barcha bolalarga taqdim qilinayotgan so'zlar orasida soxta frantsuz so'zlarni ajratish taklif qilindi. Sinaluvchilar miyasining reaktsiyasi MRT orqali kuzatildi. Faqatgina frantsuz tilida gaplashuvchi bolalarda so'zlarga javob berishda miyaning ma'lum qismlari faollashgan. Qolgan ikki guruhdagi bolalarning miyalari bir xil ishlagan, ya'ni 1-guruhdagi bolalardagi kabi miya qismlari va qo'shimcha yana boshqa miya qismlari faollashgan. Ya'ni rasman xitoy tilini unutgan bolalarning reaktsiyasi unda yaxshi gaplasha olgan bolalarniki kabi bo'lgan.

Shu tariqa olimlar ona tilisi tashkil topgan tovushlar haqidagi ma'lumotlarni faol yig'uvchi va uni o'rganuvchi bolalarning miyasi ona tilini saqlaydi va hattoki undan foydalanmasa ham uni keyingi hayoti davomida o'chirmaydi, degan xulosaga kelishdi.

Olimlar shunday tajribalarni boshqa tillarda so'zlashuvchi bolalarda ham o'tkazishmoqchi.



Категория: SOG'LIK
Просмотров: 2981 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Inson miyasi hech qachon birinchi o
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное