Ichki ishlar vazirligi kunu tun internet tarmog‘ini monitoring qiladi!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda “Norma.uz” xabar bermoqda.
U Ichki ishlar vazirligining axborot-tahlil va Bosh tashkiliy-inspektorlik boshqarmasining OAV bilan ishlash xizmati qoshida tashkil etiladi. Matbuot xizmatiga Ichki ishlar vazirligining OAV va jamoatchilik bilan ishlash boshqarmasi boshchilik qiladi.
Axborot xizmatining asosiy vazifalaridan biri — kunu tun rejimida Ichki ishlar organlari maqomiga ta’sir etuvchi yoki tasdiqlanmagan xabarlarni tarqalishi yuzasidan OAV va internet tizimi monitoring qilinadi va ma’lumotlar tahlil etiladi.