Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Hayfsan intizomiy javobgarlikka kiradimi?


E.Muhitdinov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari:

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasida intizomiy jazolar belgilangan.

Jumladan, xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:

hayfsan;

o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima;

mehnat shartnomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari).

Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish hakining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish ushbu kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;

Ushbu kodeksning modda talablarida nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llanish taqiqlanadi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1890 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xayfsan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное