Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. TisMarHan-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Qaqnus - Mal De music
. Jumong-soundtreck
. Zerda - Soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Har bir narsadan shikoyat qilishni qanday yo‘qotish mumkin?

BRMC Leya Shapiro (Leah Shapiro) rok-gruppasi barabanchisi fevral oyiga o‘zi uchun maqsad qo‘ydi: shikoyat qilmaslik. Nima uchun? O‘z hayotini yorqinroq qilib, salbiy izohlar-shikoyatlarni chiqarib yuborish uchun maqsad qilib oldi.
U bunday maqsad qo‘yganlardan yagonasi emas, buning uchun maxsus loyiha ham chiqarilgan. “Hech qanday sirning o‘zi yo‘q, faqatgina shikoyat qilishdan to‘xtang xolos”, deyiladi rasmiy saytda.
Biron bir narsadan nolish biz uchun –tabiiy. The New York Timesning yozishicha, suhbat davomida biz daqiqada o‘rtacha bir marta shikoyat qilar ekanmiz. Buning sababi bor albatta, odamlarni umumiy xush ko‘rmaslikdan ko‘proq bog‘laydigan narsa yo‘q. Do‘stona munosabatni sizni tinch qo‘ymayotgan mavzu orqali boshlashning eng oddiy usullaridan biri bo‘lsa kerak.
Shikoyatlar bizning evolyusiyamiz jarayonida paydo bo‘lgan himoya mexanizmlaridan yuqori hisoblanib, bizga ko‘proq zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan narcalardan omon qolishimizga yordam beradi.
Lekin hamma narsaning ham o‘z to‘lovi bor. Biz shikoyat qilgan paytda miyamiz stress gormonlarini ishlab chiqaradi, bu o‘z navbatida esa muhim vazifalarni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan neyron aloqalarini buzadi. Shikoyat eshitganimizda ham shunday jarayon kuzatiladi.
Bir xil vaziyatlarda tinch bo‘lishimiz uchun dardimizni to‘qib sochgan ma’qul, ammo tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki bu umrimizni ikki yilga kamaytirar ekan.

Hushxabar: shikoyat qilish odatini asta sekinlik bilan tugatsa bo‘ladi.

1. Birinchi navbatda shikoyat nima ekanligini bilib olishimiz zarur.
Misol uchun siz ko‘chaga chiqib sovuq ekanligini aytingiz. Bu shikoyatmi? Yo‘q, bu oddiy kuzatuv. Shikoyat bu, misol uchun siz: “Ko‘chada yana sovuqmi, nima bo‘lyapti o‘zi, bu shaharni yomon ko‘raman”, deyishingiz bo‘ladi.
2. Qanchalik tez va qanday shikoyat qilishimizni qayd qilamiz
O‘zgarishlar xabardor bo‘lishdan boshlanadi. O‘zingizga shikoyat qiluvchi hayollaringizni aniqlashga maqsad qilib oling. Qo‘lingizga braslet taqib oling yoki arqoncha bog‘lab qo‘ying. Agarda biron shikoyatni o‘ylasangiz, tezda brasletni boshqa qo‘lingizga alishtiring yoki arqonchada yangi tugun hosil qiling. 
Bir necha soat ichida siz brasletni yuz marta almashtirasiz, chunki biz bu vaqt ichijda yuz martadan ham ko‘proq shikoyat qilamiz.
3. Surunkali shikoyat qiluvchilardan uzoqlashamiz
Agarda sizga kimdir o‘z shikoyatini aytayotgan bo‘lsa, unga biron yaxshi fikr bildiring: “To‘g‘ri aytasan, sen haqsan, hammasi yomon”. Buning uchun shikoyat javobini qaytarmaslik uchun ham jasorat va o‘ziga ishonch kerak. 
Agar siz shunday tarzda ketma –ket davom etsangiz, surunkali shikoyat qiluvchilar sizdan o‘zi uzoqlashib ketishadi.
4. Yechim topishni o‘rganamiz
Bu metodni “samarali shikoyat” ham deb nomlashadi. Biz shikoyat qilganimizda, hech narsa qilmasdan sharoitimiz yomon ekanligini aytib o‘tiraveramiz: yomon ob-havo, zekrikarli va h.k.
Ob-havoni o‘zgartira olmasak ham, do‘stlarimiz bilan issiq kafeda uchrashishimiz yoki  uyda yaxshi vaqt o‘tkazishimiz mumkin. 
Bu oddiy usul, lekin murakkab holatlarda ham ish beradi. Vaziyatni o‘z qo‘lingizga oling!
5. “Ijobiy, lekin” metodini ishga solamiz
Agar qandaydir ishingizdan shikoyat sezib qolsangiz, “lekin” so‘ziga biron bir ijobiy so‘zlarni ham qo‘shib ishlating. Masalan: “Men qilayotgan ishimga chiday olmayman, lekin mening ishim va kunimga yaraydigan mashinam bor”.
6. “Men majburman” fikrini “menga kerak” jumlasiga o‘zgartiring
Misol uchun: “Men bolalarni bog‘chadan olishga majburman” so‘zining o‘rniga “men o‘z bolalarimni bog‘chadan olishim kerak”ni ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Avvaliga “men majburman” so‘zining o‘rniga “menga kerak” yoki “men istayapman” so‘zlarini ishlatishg biroz noqulay bo‘ladi. Biroq vaqt o‘tgan sayin siz bunga ko‘nikasiz va kamroq noliydigan bo‘lasiz.
Leya Shapironing so‘zlariga ko‘ra, fevral oyida shikoyat qilmasdan yurish biroz qiyin bo‘lgan. “Menga juda ham mushkul bo‘ldi, lekin shu oydan boshlab hayotim odatdagidan ko‘ra anchaqyin yaxshi tomonga o‘zgara boshladi. Umaman olganda ishim yurishishni boshladi”, - deydi u.

U shikoyat qilishga qarshi kurashayotgan payti yoga bilan shug‘ullandi, kundalik tutdi. Fevral oxiriga kelib, u ishlari sermahsul bo‘layotgani va barcha narsaga ulgurayotganini his etdi. Endilikda u yil so‘ngiga qadar nolishdan voz kechish niyatida. Bir kun kelib balki bu odatdan butunlay halos bo‘lar.


Manba:kun.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3690 | Рейтинг: 0| Рейтинг: shikoyat qilish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное