Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Halovat izlab halokatga uchraganlar qismati

Tarix sahifasiga muhrlanayotgan aprel oyining o‘zida Afrikadan Yevropaga o‘tishni istagan mingdan ortiq inson O‘rtaer dengiziga g‘arq bo‘ldi. Afrika qit’asidagi siyosiy va iqtisodiy beqarorlik, insonlarning qulay hayot tarzi uchun intilishlari ana shunday fojialarga sabab bo‘layotir.

Lampeduza – qochoqlar oroli
 
Lampedу́za O‘rtaer dengizidagi Italiyaga qarashli  kichiki bir orol bo‘lib u Sisiliyadan 205, Tunis sohilaridan 113 kilometr masofda joylashgan. 20 kvadrat-kilometrdan sal kattaroq maydonag ega bo‘lgan bu orolda 6300 dan ortiq aholi yashaydi.



O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsa, bu kichik orol vaqti-vaqti bilan usmoniylar, berberlar, Sisiliya va Ispaniya qirollari tasarrufiga o‘tib turgan. 2000 yillarga kelib, orol noqonuniy muhojirlar uchun o‘tish nuqtasiga aylandi.
 
Afrikaning turli davlatlaridan Yevropaga o‘tmoqchi bo‘lgan muhojirlar albatta shu orolda to‘planadilar. Ana shu asnoda har yili yuzlab odamlar dengiz g‘arq bo‘layotir.

2008 yilda oroldan 23 ming muhojir joy olgan. Italyanlar ularni  clandestini deb ataydilar. Orolda muhojirlarning vaqtincha yashashish uchun lagerlar ham tashkil etilgan. Bu yerda ular yotoq, oziq-ovqat va tibbiy vositalar bilan ta’minlanadilar. Ammo. So‘nggi yillarda muhojirlar oqimining kuchayishi orolda keskin vaziyatni yuzaga keltirdi. Ularga kundalik zarur vositalarni yetkazish muammloga aylanib bormoqda. Oroda toza ichimlik suvi hatto mahalliy aholi uchun muammo ekanini e’tiborga olsak, vaziyat yanada oydinlashadi.

Raqamlar ortidagi fojialar

2011 da boshlangan va hamon davom etayotgan “Arab bahori” Lampeduzani naq arining uyasiga aylantirdi, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Garchi, ilgari orolga muhojirlar asosan o‘ta qashshoq afrika davlatlaridan kelib turgan bo‘lsa, endilikda fuqarolik urushi komiga tortilgan Misr, Tunis, Liviya singari davlatlardan ham qochoqlar lampeduzaga oqib bormqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2013 yilning o‘zida orolga 32 ming muhojir suzib o‘tgan. O‘sha yilning birgina oktabr oyida 400 inson dengizga cho‘kib ketgan. Shundan so‘ng Ispaniya hukumati insonlarni qutqarib qolishga qaratilgan «Mare Nostrum» dlasturini hayotga tatbiq etdi. Ushbu dasturga ko‘ra, qutqaruv ishlariga 900 nafar harbiy, 32 ta dengiz va havo kemalari jalb qilingan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘rtaer dengizidan 218 ming kishi suzib o‘tgan. 3500 kishi esa, suvga g‘arq bo‘lgan.

Joriy yilning aprelida yuz bergan kema halokatida 950 ngafargachyaa odam nobud bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Ulardan atigi 28 nafarigina qutqarb qolingan. Bu noqonuny muhojirlar o‘limi bilan bog‘liq eng yirik kema halokaati sifatida qayd eitlgan. Joriy yil boshidan beri dengizga g‘arq bo‘lgan muhojirlar soni 1912 yilgi “Titanik” kemasi halokati qurbonlaridan ham oshib ketdi.

Nima qilmoq kerak?

Ayrim ekspertlarning fikricha, bu hali boshlanishi xolos. Afrikalik qochqinlarning yevropaga o‘tish mavsui endi boshlanadi. Bu esa, oldinda yana qanchadan-qancha fojialar kutib turganidan dalolat.
 
Bu masala bir necha yildirgi xalqaro hamjamiyatning e’tiboridan tushmay kelayotir. Aprel oyidagi halokatlar ham dunyo afkor ommasi, jumladan Yevropa hamjamiyatini harakatga keltirdi. 2015 yilning 23 aprel kuni boshlangan Yevropa ittifoqi sammitida ham asosiy e’tibor ana shu masalaga qaratildi. Ayrim yevropalik arboblar O‘rtaer dengizida qutqaruv xizmatini yanada rivojlantirishni maslahat bersa, boshqalar muhojirlar uchun qonuniy sharoitlarni kengaytirishni taklif etadi. Yana bir guruh siyosatchilar esa, eng avvlo Afrikada vaziyatni barqarorlashtirish lozimligini aytmoqda.

Aslini olganda, inson o‘zi uchun o‘lchab berilgan qisqagina umrini tinch, osuda, farovon o‘tishini istaydi. Afsuski dunyoning barcha hududlarda buning uchun birdek sharoit mavjud emas. Urush, turli kasalliklar, notinchliklar har yili millionlab insonlarni o‘z ona vatanini tark etishga undamoqda.

Biroq, hech qachon g‘urbatda topilgan huzur-halovat inson baxtli qila olmaydi. Shunday ekan, bu sertashvish olamning har bir fuqarosiga o‘z ona tuprog‘ida tinch, xotirjam, bekamu ko‘st yashash nasib etsin.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3228 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Halovat, halokat, Izlab
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное