AQShda doimiy yashash va ishlash imkonini beruvchi «Green-card» dasturiga arizalar joriy yil 7 oktabr kunidan boshlanadi. Bu haqda lotereya uchun ro‘yxatdan o‘tiladigan AQSh davlat departamenti rasmiy saytida ma’lum qilingan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston «Green-card» dasturiga eng ko‘p ariza topshiradigan mamlakatlardan biri sanaladi. Yiliga ikki milliondan ziyod o‘zbekistonlik unda o‘z omadini sinab ko‘radi.