Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Ayol Qalbi - True Love
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Qo'rqmas - soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Klon-soundtreck
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Go‘zal bo‘lish uchun o‘zini qurbon qilgan ayollar

Ayollar go‘zallik qurbonlik talab qilishini hamma zamonlarda ham yaxshi bilishgan. Ular chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lish turli parhezlardan, kosmetik vositalardan va surtmalardan foydalanishgan. Ba’zida bu go‘zallik ularga sog‘liklari evaziga juda qimmatga tushgan, deb
 xabar berdi “Interesno.cc” nashri.
Korset
XVIII asrda Yevropada ingichka bel nafaqat ayollar, balki erkaklar orasida ham urf bo‘lgan. Ingichka belga ega bo‘lish uchun ular bolaligidan boshlab, korset taqib yurishgan.
Korset qomatni tik tutish uchun yordam bersa-da, qovurg‘alarni juda qisgan. Ayol ortiqcha harakatlarni bajara olmagan. Korsetdagi yog‘och, temir uskunalar teriga kirib, og‘riq bergan, ba’zida qovurg‘a sinishiga ham sabab bo‘lgan. Kislorod yetishmasligi oqibatida hushdan ketish esa odatiy hol bo‘lgan.
35-40 santimetrli ingichka belga ega bo‘lish uchun korset kiyilayotganda uni ikki kishi bor kuchi bilan ikki tomonga tortib turgan. Muntazam ravishda korsetda yurish qovurg‘alarning qiyshayishiga, yurak va o‘pka kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan, hattoki o‘limga ham olib kelgan.   
Ko‘zga zaharli belladonna tomchilarini tomizish
Belladonna (zaharli o‘tsimon o‘simlikdan tayyorlangan dori) va uning farmakologik xususiyatlari insoniyatga 2000 yildan beri yaxshi tanish. Qadimgi Gresiya va Rimda undan zahar sifatida foydalanishgan. O‘rta asrlarda yalmog‘izlikda ayblangan ayollarni sud qilishida aynan shu zahar ishlatilgan. Zahar kuchli gallyusinatsiyalarni yuzaga keltirgan. XVIII-XIX asarlarda Yevropada belladon tomchilaridan kosmetik vosita sifatida foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Uni italiyalik aslzoda xonimlar urfga kiritgan. Ko‘zga tomizilgan belladona tomchilari ko‘z qorachiqlarini kengaytirib, unga ma’noli ifoda bergan. Boshqa tomondan esa u gallyusinatsiya chaqirgan, ko‘zni ko‘r qilib qo‘ygan va yomon oqibatlarga olib kelgan. 
Oyoqni qisib bog‘lash
Xitoyda oyoqni qisib bog‘lash ming yillardan beri an’ana tusini olgan. Oyoq qanchalik kichkina bo‘lsa, bu go‘zallik ramzi hisoblangan. Bunday “go‘zal” oyoqqa ega bo‘lish uchun qizlar bir umr dahshatli og‘riqlarga chidashgan. Kerakli hajmdagi oyoqqa ega bo‘lish uchun qizlar yetti yoshdan boshlab, oyoqlarini siqib bog‘lab yurishgan. Oyoq bosh barmog‘idan tashqari barcha barmoqlar sinib ketgan. Bog‘langan oyoqlar tufayli qon aylanishi buzilib, tirnoqlar yara bo‘lgan va nekrozlar vujudga kelgan. XX asr boshlariga kelib, ayollar oyog‘ini siqib bog‘lash taqiqlangan. Bunday oyoqlar uchun poyafzal ishlab chiqaruvchi so‘nggi fabrika 1999 yilda yopilgan va uning mahsulotlari eksponat uchun etnografik muzeyga topshirilgan. 
Margimush
XIX asrda margimush eng mashhur kosmetik vositalardan biriga aylandi. U yuzni tiniqlashtirib, ko‘zni yorqinlashtiradi, deb hisoblangan. Margimushni yana “qon aylanishi”ni yaxshilash uchun iste’mol qilishgan. Aslzoda xonimlar yuzni tiniqlashtirish deganda, rangparlikni tushungan. Margimushdan oz miqdorda, asta-sekinlik bilan miqdorini ko‘paytirib, qabul qilishgan. Organizmda zaharning to‘planishi qalqonsimon bez kasalligini keltirib chiqarib, o‘limga ham olib kelgan. Margimush qabul qilishni boshlagan ayol uni umrining oxirigacha iste’mol qilishga majbur bo‘lgan.
Tasmasimon chuvalchangni yutish
XX asrda ozg‘inlik urfga kirganligi bois, aksariyat ayollar ozish uchun hamma narsaga tayyor bo‘lib, hatto chuvalchang yutishga ham rozi bo‘lishdi. Inson organizmiga tushgan parazitlar oziq moddalarni va yog‘ zahirasini iste’mol qilgan. Natijada inson ozib ketgan, chuvalchang esa o‘sib, 50 santimetrga yetgan. Kerakli natijaga erishilgach, chuvalchang maxsus preparatlar bilan yoki jarrohlik yo‘li bilan olib tashlangan. Buning xavfli tomoni shundaki, chuvalchanglar inson organizmida nafaqat oziqlanishga, balki ko‘payishga ham harakat qilishadi. Eng katta chuvalchanglar olib tashlangani bilan bolalari organizmda saqlanib qolishi tufayli yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Radioaktiv kosmetika
XX asrga kelib, go‘zallikka intilish hatto telbalik darajasiga yetdi. Masalan, 1932 yilda Fransiyada ikki tadbirkor ayollar uchun “Tho-Radia” nomli kosmetik vositalar ishlab chiqara boshlaydi. Pudra va yuz kremi tarkibiga o‘sha paytda mo‘’jizaviy kuchga ega deb hisoblangan radiy moddasi qo‘shilgan. Tadbirkorlarning fikricha, radiy moddasi yuzni ajindan xalos qilgan. Bunday kosmetik vositalardan foydalangan ayollar go‘zallik evaziga nurlanish kasaliga chalingan. Radiy moddasi xavfli deb hisoblanishiga qaramay, “Tho-Radia” mahsulotlari 1960 yilga qadar sotilgan.
Qo‘rg‘oshinli upa
XVII asrda Yevropada yuz terisining rangi va silliqligiga katta e’tibor qaratilgan. Aslzodalarga xos rangparlik yana urfga kirgan. Buning uchun ayollar qon topshirishga ham rozi bo‘lishgan. Yuzni oqartirish uchun zaharli simob va qo‘rg‘oshin moddalari qo‘shilgan kosmetik vositalar ishlab chiqarilgan. Qo‘rg‘oshinli pudra yuzdagi dog‘larni berkitish xususiyatiga ega bo‘lgan. XVII asrda bunday kosmetik vositalar shol, miya saratoni va ichki a’zolarning ishdan chiqishiga sabab bo‘lishini hech kim anglamagan.
Pudra tarkibiga qo‘rg‘oshin moddasini qo‘shish XX asr boshlarigacha saqlanib qolgan, hozirda esa pudra uchun talk moddasi ishlatiladi.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 10537 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Go‘zal bo‘lish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное