Galaxy S9 va S9+ ning daxshatli narxlari ma’lum bo‘ldi
Yaqin orada savdoga chiqishi kutilayotgan GalaxyS9 smartfonining narxlari kutilganidan ancha qimmat bo‘lishi taxmin qilinmoqda, bu haqda “androidinsider.ru” sayti xabar berdi.
Galaxy S9 oddiy konfiguratsiyasining narxi taxminan 840 yevroni tashkil qiladi. Tabiiyki, Galaxy S9+ ning narxi Galaxy Note 8 narxidan kam bo‘lmaydi va 1000 yevroga borishi mumkin.
Yangi flagman narxining bu darajada yuqori bo‘lishiga bir necha sabablar bo‘lishi mumkin.
Birinchidan, endi model stereodinamika va gibrid ravishda o‘rnatilgan identifikatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi ehtimoli bor.
Ikkinchidan, yangi mahsuloti kamerasi jiddiy o‘zgarishlarga ega bo‘lgan, ya’ni endi u o‘zgaruvchan apertura ko‘rsatkichlariga ega, bu esa tabiiyki qimmat detallardir.
Uchinchidan esa, Galaxy S9+ da yana qo‘shimcha kamera ham bo‘ladi, bu ham xarajatlarni oshirgan.