Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Qirolicha - Soundterck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

FVV fuqarolarga quyosh urishidan saqlanish boʼyicha tavsiyalar berdi
FVV fuqarolarga quyosh urishidan saqlanish boʼyicha tavsiyalar berdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oʼzbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo vaqtida quyosh urishidan saqlanish qoidalari haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, ob-havoning keskin isib ketishi, ayniqsa, bolalar, qariyalar va bemorlarga ogʼir taʼsir qiladi. Hatto sogʼlom odamlar ham baʼzi bir qoidalarga rioya etishlariga toʼgʼri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda toʼgʼri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir boʼladi, lekin issiq taʼsir qilgandan soʼng 6–8 soat oʼtib ham boshlanishi mumkin.
Quyosh urishidan saqlanish uchun bir nechta qoidalarga rioya etish zarur:
iloji boricha soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tik tushadigan quyosh nurlari ostida boʼlmang;
tabiiy matolar (paxta, kanop va boshqalar)dan tayyorlangan kiyim kiying;
yengil, yorqin rangli bosh kiyim kiying. Koʼzingizga quyoshdan himoyalovchi koʼzoynak taqing;
suv ichish rejimiga amal qiling. Tartibsiz koʼp miqdorda suv ichish faqat chanqoqni yaxshi bosmaydi, lekin yurakni zoʼriqtiradi. Аchchiqroq damlangan choy, kvas, har xil sharbatlar, mineral suv iching;
quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan foydalaning;
quyoshda boʼlib qaytganingizdan soʼng, dush qabul qiling yoki hoʼl sochiq bilan artining;
och qoringa yoki ovqat yeganingizdan soʼng darhol quyosh ostida boʼlmang.
Quyosh urishi yoki issiq urishi belgilari:
darmonsizlik, charchoq, bosh ogʼrigʼi va chanqash kuzatiladi;
bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, butun tanada ogʼriq boʼlib, puls va nafas tezlashadi. Аyrim paytlarda koʼngil aynishi va qusish kuzatilishi mumkin. Terlash kuchayadi, burundan qon ketishi mumkin;
yurak-qon tomir faoliyati va nafas olish keskin buziladi, hushini yoʼqotishi mumkin;
ayrim paytlarda tutqanoq tutishi, alahsirash, gallyutsinatsiya kuzatilishi mumkin;
quyosh urishining ogʼir shaklida ter ajralishi toʼxtaydi, agarda bemorga tibbiy yordam koʼrsatilmasa, nafas va yurak toʼxtashi mumkin.
Birinchi tibbiy yordamni toʼgʼri koʼrsatish inson hayotini saqlab qolishi mumkin. Аsosiysi, kishi oʼzini yoʼqotmasdan hammasini toʼgʼri va tez bajarish zarur.
bemorni salqin joyga oʼtkazish, chalqancha yotqizish, boshini salgina koʼtarib qoʼyish, kiyimlarini yechish, butunlay tinch muhit yaratish va toza havo kelishini taʼminlash;
agar bemor hushida boʼlsa achchiq choy yoki sovuq suv ichirish (yaxshisi, suvga 0,5 litrga 0,5 choy qoshiqda tuz qoʼshish);
boshini sovuq suv bilan hoʼllash yoki boshiga nam sochiq qoʼyish;
ogʼir holatlarda bemorni hoʼllangan choyshab bilan oʼrab qoʼyish yoki ustidan sovuq suv quyib turish mumkin, lekin ehtiyot boʼlish kerak (tana harorati 30 gradusdan tushib ketmasligi kerak). Аgar iloji boʼlsa, qon tomirlari koʼp boʼlgan qoʼltiq osti, chov va tizza orqasiga muz yoki sovuq suv toʼldirilgan baklajka qoʼyish kerak;
quyosh yoki issiq urgan bemorlarni yaqin oʼrtadagi davolash muassasasiga olib borish zarur. Ogʼir hollarda esa zudlik bilan tez yordam brigadasini chaqirish zarur.


Manba:Kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 739 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное