Fransiya prezidentligiga nomzod Le Pen mamlakatni NATO tarkibidan chiqarishga va’da berdi
Fransiya prezidentligiga “Milliy uyushma” o‘ng partiyasidan nomzod Marin Le Pen Reymsdagi saylovlarda g‘alaba qozonsa, Fransiyani NATO tarkibidan chiqarishga va’da berdi.
Marin Le Pen
Foto: Reuters
Le Penning fikricha, Fransiya “o‘z manfaatlarini himoya qilishi” kerak.
“Shuning uchun NATOning qo‘shma qo‘mondonligidan chiqib ketamiz va boshqalarning mojarolariga giriftor qilinmaymiz”, — dedi u.
2-yanvar kuni Fransiya o‘ng qanot siyosatchilari Parijning Zafar arkidagi Yevropa Ittifoqi bayrog‘ini tanqid qilgandi. Prezidentlikka nomzodlarning ikkalasi ham — Marin Le Pen va Erik Zemmur bayroqning arkda turishini vatanparvarlik tuyg‘ularini haqorat qilish deb hisoblaydi. O‘ng markazchi “Respublikachilar” partiyasidan prezidentlikka nomzod Valeri Pekresning aytishicha, bayramlarda an’anaviy ravishda Fransiya bayrog‘i hilpirab turadigan joyda Yevropa bayrog‘ining bo‘lishi fransuz o‘zligini yo‘qotmoqda.
Fransiyada prezidentlik saylovlari 2022-yilning 10-aprelida bo‘lib o‘tadi. Agar ikkinchi turga ehtiyoj bo‘lsa, u 24-aprel kuni o‘tkaziladi.