Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Foydali maslaxat: Pulni behuda sarflamaslik yo‘llari

Marketologlar va reklama beruvchilar mahsulot sotishdan ko‘proq daromad olish maqsadida xaridorlar bilan haqiqiy ruhiy urush olib borishadi. Bu “urush”da mag‘lubiyatga uchramaslik uchun esa quyidagilarga rioya qilish lozim bo‘ladi. 
1. Biroz tin oling
Magazin aylanayotganingizda hamyoningiz bo‘shab qolmasligi uchun e’tiboringizni tortgan mahsulotni darhol sotib olish istagiga taslim bo‘lmang. Uning oldidan o‘tib keting va biroz vaqtdan so‘ng qayting — bu sizga u haqiqatan ham yoqqanmi yoki shunchaki lahzalik istakmi, tushunishingizga yordam beradi.
2. Ro‘yxat tuzing va uni ikki marta tekshiring 
Do‘konlarda nima sotib olishni bilmay aylanib yurish o‘rniga o‘zingizga kerakli mahsulotlar ro‘yxatini tuzing va sarflashingiz mumkin bo‘lgan pulni hisoblab chiqing. “Maqsad aniq bo‘lsa, faoliyat samarali bo‘ladi”, — deydi Denver universitetining marketing kafedrasi professori Ali Besharat. “Tadqiqotlarga qaraganda, do‘konga borishdan oldin oladigan narsalarining ro‘yxatini tuzib olgan odamlar ro‘yxat tuzmaganlarga nisbatan 30 foiz kamroq xarajat qiladilar”, deya qo‘shimcha qiladi professor.
3. Ko‘zlaringizga ishonmang
Do‘konlarda mahsulotlar quyidagi tartibda joylashtiriladi — narxi qimmat mahsulotlar o‘rta tokchalarga qo‘yiladi, ularni chor tarafdan narxi arzonlashtirilgan mahsulotlar o‘rab turadi. “Uchburchak muvozanat tamoyili” deb nomlanuvchi bu qoidaga ko‘ra, xaridor nigohi har doim markazga qaratiladi. Shuning uchun xaridor arzonlashgan mahsulotlarni ko‘rib bo‘lgach qimmat mahsulotlarga diqqatini qaratadi va ularni sotib oladi.
4. Zaruriyat bo‘lmasa, mahsulotga qo‘l tegizmang 
Tadqiqotlarga qaraganda, mahsulotni ushlash odamni uni sotib olishga undaydi. Qo‘lingizda oddiy stakanni 20 soniyadan ortiqroq ushlab tursangiz, u mutlaqo kerak bo‘lmasa ham sotib olgingiz keladi. Yangi smartfon qo‘lingizga qanday qulay joylashganini ko‘rgach, uni qaytarib peshtaxtaga qo‘ygingiz kelmaydi. “Qo‘lingizdagi buyumni o‘zingiznikidek tasavvur qilgan paytingizdayoq siz xayolan unga pul to‘lashga tayyor bo‘lasiz”, — deb ta’kidlaydi Viskonsin universiteti qoshidagi biznes-maktabining marketing bo‘yicha mutaxassisi Joan Pek.
Xaridingiz har doim unumli bo‘lishini tilaymiz.


Manba:kun.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 10537 | Рейтинг: 1| Рейтинг: yo‘llar, Foydali maslaxat, Pulni behuda sarflamaslik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное