Filmlarda qo‘shiqlarni o‘zi kuylaydigan Bollivud aktyorlari
Rol ijro qilish, qo‘shiq kuylash va raqsga tushishni maromiga yetkazadigan ushbu Bollivud yulduzlarining mahoratiga qoyil qolsa arziydi. Sonakshi Sinxa Aktrisa Sonakshi bolaligidan vokal bilan shug‘ullanganiga qaramasdan, 2015-yilda ilk bor o‘ziga taalluqli qo‘shiqni kuylagan. U o‘zining bolaligidagi xobbisi bilan shug‘ullanishni, bolalarga bag‘ishlab o‘tkaziladigan realiti-shouda hakam bo‘lish taklifi bo‘lganidan keyingina qaror qilgan. Muvaffaqiyatli debyut ijrodan keyin Sonakshini “Akira” filmining qo‘shiq kuylanadigan roliga taklif qilingan. Salmon Xon Salmon Xonning qobiliyatlariga qarab, serqirra ijodkor deb atash mumkin. Janjalkash shou-biznes vakillari orasida yetakchilik qiladigan Salmon Xonning, aktyorlikdan tashqari boshlovchilik va qo‘shiq aytish karomatlari ham bor. Aktyor 50 yoshdan oshganiga qaramay, uning ovozi yosh yigitlarnikidan farq qilmaydi, ijrosidagi qo‘shiqlar esa o‘ziga xosligi bilan muxlislar qalbidan joy oladi. Bollivud yulduzi “Merosxo‘rlar”, “O‘ta xavfli”, “Soqchi” va “Ko‘rinmas og‘adan salom” filmlardagi rolida shaxsan o‘zi qo‘shiq ijro qilgan. Priyanka Chopra Amerikalik xonanda Nik Jonasning yuragini zabt etgan Priyanka, filmlarda shunchaki suratga tushmaydi, u jang sahnalarini o‘zi ijro qiladi, qo‘shiq kuylay oladi, kuylaganda ham zamonaviy estradada chiqishlari bilan muxlislarini quvontiradi. 2002-yilda ijrosidagi filmlar uchun qo‘shiq yozgan aktrisa, 2011-yilga kelib xonanda sifatida ham karyera qilishni boshlagan. Chopra xonim bergan intervyularida xonandalikka ko‘proq vaqt ajratishni istashi, ammo aktrisalikdan ortib vaqt ajrata olmasligini ta’kidlagan.