Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Qirolicha - Soundterck
. Qirolicha - Stakan Version
. Jumong-soundtreck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"Фильм-зардоб"ингиз томошабинни касал қилмоқда, "кинофуруш"лар!


Shunday  bir kino bo`lsaki, ko`z uzmay tomosha qilsang, yig`lasang, kulsang, iztirob chekib ham quvonsang. Bu ko`pchilikning ko`nglidan o`tadigan gap. Kecha poytaxtdan Navoiyga qaytishda avtobusga chiqdim (poyezdga chipta yo`qligi uchun majbur bo`ldim avtobusga chiqishga). Yo`lovchilarni zeriktirmaslik maqsadida TVda kino qo`yishdi. Ikkita kinoni ketma-ket ko`rdim. Birinchisi, "Yagonam” va … (ikkinchining nomini eslolmadim, uzr). Ikkovida ham Adiz Rajabov bosh rolni talqin etgan. Ko`rib asabim buzildi, ko`rganimga pushaymon bo`ldim. Yana o`sha sevgi, boy qiz, kambaga`al yigit, ota-onalar qarshiligi va yigit bilan qizning ota-onasiga qarshi chiqib qochib ketishi... Bu nima ahvol, bu qanday senariy bo`ldi, pulning mukkasidan ketgan kinoijodkorlar? Qiz bilan yigitni ota-onasiga qarshi chiqib alohida (qochib) ketishi ikki filmga ham bor. Xo`sh, siz kino ijodkorlar bizga nimani namoyish etayapsiz?  Biz yoshlar milliyligimizga to`g`ri kelmaydigan axmoqona filmlarizni "zo`r” deb maqtaylikmi yoki "xo`p” deb jim ko`raylikmi? Siz kinoijodkorlarga maslahatim bu olgan filmlarizni uyingizda farzandlarizga tomosha qildiring. Aniq bilamanki, oilangizda o`zgarish bo`ladi. O`g`lingiz yoki uyda o`tirib qolgan qizingiz siz qarshilik qilgan insoni bilan (qochib) ketadi va siz qandaydir "ozuqa” bergan farzandlarizdan quvnab yana ijod qilishni davom ettirasiz.

Umuman olganda, har qanday asar, hayot haqiqatini o`zida aks ettira olsagina qalblarni larzaga soladi, boy taassurot beradi va uning ma`naviy olamini boyitadi. Hozir kinosaroylarga tushgan tomoshabin o`zbek kinolarining ham ko`payayotganiga tan beradi. Kinoijodkorlarimiz yaratayotgan ekran asarlarida bugungi kun nafasi, zamondoshlarimiz qiyofasini qanchalik ko`rsatib bermoqda?

Zamonaviy filmlarning ko`pligi yomonmi degan savol tug`iladi. Afsuski, tomoshabinni o`ylashga undaydigan filmlarimiz safi ko`zni quvontirgudek uzun ro`yxatni tashkil qilmaydi. Shu o`rinda ich-ichimdan savol tug`iladi: mukammal kino yaratish uchun puxta senariy yetishmayaptimi yoki aktyor va rejissyor mahorati? Bu "achchiq” gaplar ko`z oldingizga tez-tez sodir bo`lib turgan noxush manzaralar tufayli yig`ilib, to`planib yurgan zardoblardir. Zardobni esa andishaga borib har safar ichga yutaverish, bora-bora odamni kasal qilishi haqiqat.

Aslida, kino ham kishiga ma’naviy, ruhiy ozuqa berishi, fikrlashga, izlanish va yaxshilikka intilishga undashi bilan qadrli bo‘lishi lozim emasmi?!

Kinoijodkorlar, bilmadim, siz qanchalik to`g`ri yo`ldan borayapsiz, ijod qilishda davom eting, lekin hali boshingizga maqtov yog`dirishga juda-juda erta…

 Firuz XALILOV



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3103 | Рейтинг: 0| Рейтинг: хақиқат, кинофуруш, кино
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное